Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi kengaytirilgan sheriklik bitimi bo‘yicha ishni faollashtiradi
O‘zbekiston investitsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Sharlotta Adrian bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” o‘zaro bog‘liqlik konferensiyasiga tayyorgarlik hamda «GSP+» tizimi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash jarayonini tezlashtirish yuzasidan fikr almashdi.
Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishelning O‘zbekistonga tashrifi yuqori saviyada tashkil etilgani va oliy darajadagi muzokaralarda erishilgan keng ko‘lamli kelishuvlar qayd etildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi. Joriy yil yanvar-sentabrda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi o‘tgan yil shu davriga nisbatan qariyb 15 foizga o‘sib, 3,1 milliard dollarga yetdi, bunga O‘zbekistonning «GSP+» benefitsiar maqomini olishi tufayli erishildi.
Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tayyorlash borasidagi qo‘shma ishlar o‘rganildi. Imzolanishni imkon qadar tezroq amalga oshirish uchun bitim matni yuzasidan bildirilgan o‘zaro takliflarni ko‘rib chiqish jarayonini faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
08:50 / 26.06.2026
YeI Rossiya harbiylari uchun kirishni taqiqlamoqchi
17:36 / 24.06.2026
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda migrantlar uchun markaz tashkil etishi mumkin - OAV
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
09:45 / 18.06.2026