21 sentabr kuni poytaxtning Olmazor tumani Ziyo – Şifonur köçalari kesişmasida ta’mirlaş işlari ketayotgani uçun yöl tösib qöyilgani sababli uzluksiz çiziqni bosişga majbur bölgani ortidan haydovçi jarimaga tortilgan va bu köplab muhokamalarga sabab bölgandi.

Internetda tarqalgan suratda yölning transport harakatlaniş qismida amalga oşirilayotgan tuzatiş işlari davomida yölning bir qismi yopib qöyilgan va tegişli maxsus belgi bilan aylanib ötiş lozimligi körsatilgan. Biroq aylanib ötiş oqibatida haydovçilar yölning qarama-qarşi harakatlaniş tomoniga ötişlariga töğri kelgan. Bu esa maxsus kameralarga muhrlangan va haydovçilar jarimaga tortilgan.

Qayd etilişiça, haydovçi Içki işlar organlarining YHX bölimiga murojaat qilib, vaziyatni tuşuntiradi, biroq unga jarimadan ozod etiş sudlarning vakolati ekani aytiladi.

“Mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlar fuqarolar ovoragarçiligining oldini oliş va ularga adolatli munosabatda bölişga asoslangan. Yuqoridagi holat esa haydovçilarning ortiqça xarajat qilişiga va ovoragarçiligiga sabab bölmoqda.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili Içki işlar vazirligiga murojaat qildi. Unda uşbu holatlar kelgusida takrorlanişining oldini oliş maqsadida ta’mirlaş işlari haqida fuqarolarni oldindan xabardor qiliş va ularni mazkur sabablarga köra jarimaga tortilişining oldini oliş çoralari körilişi söraldi”, deyiladi Ombudsman axborot xizmati bayonotida.

 Avvalroq poytaxtdagi çorrahalarga örnatilgan ayrim kameralar qoidabuzarlikni qayd etişi uçun faqatgina kamera köra oladigan masofada yöl çiziqlari çizib çiqilgani, yölning qolgan qismidagi öçib ketgan çiziqlar yangilanganmagani aks etgan suratlar tarqalgandi. Kun.uz suriştiruvi davomida kameralar bu joyga qoidabuzarliklarni qayd etib boradigan videokuzatuv moslamasini örnatiş huquqini yutib olgan tadbirkorlar tomonidan örnatilgani, yöl çiziqlari ham kameralarni örnatgan jismoniy şaxslar tomonidan çizilgani ma’lum bölgandi.