Hakerlar guruhi özini MarshGolden deb nomlaydi. Jamoat yetakçisi My5 telekanaliga bergan anonim intervyusida kiberhujumlarni 2019 yildan boşlaganini aytadi.
“Saytlarni buzişni 2019 yili Kundalik.com saytidan boşlaganman. U paytlar sayt ança zaif edi. Unga buzib kirib, baholarimizni töğrilaganmiz. Öşandan keyin jamoa yiğib iş boşlaganmiz”, deydi ismi oçiqlanmagan haker.
Intervyu davomida yoş haker 2 noyabr kuni «Senat.uz» rasmiy saytiga hujumni ham özlari uyuştirganini tan olgan. Bu orqali ular mutasaddilarga saytning xavfsizlik tizimidagi zaiflikni körsatib qöymoqçi bölişgan.
“2 noyabr kuni soat 11:00da saytdagi zaiflik haligaça bartaraf etilmagani sababli xavfsizlik tizimidagi kamçiliklarni körsatib qöyiş maqsadida Senat rasmiy saytiga kiberhujumni amalga oşirdik. Bizda hali kiberxavfsizlik rivojlanmagan, şu sababli dasturçilar saytlarni işlab çiqayotganda bu narsaga ahamiyat qaratişi kerak. Şuning uçun ham hali Özbekiston saytlarida zaifliklar köp. Agar şaroit yaratib berilsa, bizga qilingan xarajatlarni davlat uçun işlab qoplardik”, deydi MarshGolden guruhi yetakçisi.
Eslatib ötamiz, 2 noyabrdagi kiberhujum natijasida Oliy Majlis Senatining rasmiy saytiga kiriş bir muddat imkonsiz bölib qolgandi.
Bu vaqtda saytda “Kiberxavfsizlik markaziga salomlar” hamda “sizning tizimingiz [hakerlar guruhining logotipi] tomonidan buzib kirildi” degan yozuv körinib turdi.
Senatning Telegramdagi rasmiy kanalida hakerlar hujumi tufayli Senat.uz saytining iş qobiliyati buzilgani, ayni paytda sayt faoliyatini qayta tiklaş çoralari körilayotgani ma’lum qilindi.
Senat.uz saytiga kirmoqçi bölganlar subdomenga yönaltirilgandi. Tanzila Norboyevaning matbuot kotibi Hojiakbar Tölaganov uşbu subdomen Senatning yangiça dizayndagi sayti ekani, kiberhujum ortidan test rejimidagi sayt vaqtinça işga tuşirib qöyilganini ma’lum qildi.

















