Jizzaxda hokim yordamchisi 2 000 dollar olayotganda ushlandi
Sharof Rashidov tumani hokimining «Oqtosh ota» MFYdagi hokim yordamchisi tadbirkordan oladigan pullarning ming dollarini tuman hokimining birinchi o‘rinbosariga berishini aytgan.
Ma’lum bo‘lishicha, hokim yordamchisi tadbirkorlik sub’yekti tomonidan ta’minotchi sifatida fuqarolarga qurilayotgan 10 ta issiqxonaning qurilishi bitkazilmaganini bilaturib, ular uchun jami 330 million so‘m miqdoridagi pullarning tadbirkor boshqaruvidagi MChJ hisobraqamiga o‘tkazilishi uchun yordam berishini aytgan.
Hokim yordamchisi bitmagan issiqxonalar uchun pulni o‘tkazishga Sharof Rashidov tumani hokimi birinchi o‘rinbosarining roziligi kerakligini, unga 1 000 dollar, o‘ziga yana 1 000 dollar bergan taqdirda masalani hal qilib berishini va’da qilgan.
2022 yil 17 oktyabr kuni hokim yordamchisi tadbirkordan talab qilgan 2 000 dollarni Sharof Rashidov tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi oldida o‘ziga tegishli «Nexia» avtomobili salonida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hokimi yordamchisi ishga joylashtirib qo‘yish evaziga fuqarodan 300 dollar olgan vaqtida ushlangandi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini taqdim etdi
Jahon | 09:56
-
Uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga jazo tayinlandi
Jamiyat | 09:45
-
Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi
O‘zbekiston | 09:30
-
Berbok Putindan o‘t ochishni so‘zsiz to‘xtatishni talab qildi
Jahon | 09:25
Mavzuga oid

17:01 / 28.03.2025
Jizzaxda haydovchi yoqilg‘i baki qopqog‘ini yopmagani uchun zapravka xodimini kaltakladi

12:04 / 28.03.2025
Jizzaxda 4 baliqchi hayvonot dunyosiga qariyb 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazdi

09:08 / 26.03.2025
Namangan va Jizzaxda yirik asalarichilik markazlari tashkil etiladi

00:17 / 13.03.2025