Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining xabariga köra, öğrilik 4 noyabr kuni soat 21:30dan 00:10ga qadar bölgan vaqt oraliğida sodir etilgan.
Ma’lum qilinişiça, Ğijduvon tumani Havzak mahallasi hududidan ötuvçi M-37 avtomobil yölining 225-kilometrida, yöl böyida qarovsiz qoldirib ketilgan «HAFEI SONG HUA JIANG» yuk maşinasi olib qoçilgan. Bu işni Ğijduvon tumani Pamöza mahallasida yaşovçi 14 yoşli hamda Samarqand viloyati Samarqand şahrida istiqomat qiluvçi 13 yoşli voyaga yetmagan şaxslar qilgani aniqlangan.
Holat böyiça viloyat hamda tuman IIB xodimlari tomonidan «Tösib uşlaş» maxsus tezkor rejasi harakatga keltirilib, olib borilgan keçiktirib bölmas tezkor tadbirlar natijasida avtomaşina öğrilari uşlangan. Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoroda 16 yoşli yigit “moyka”da qoldirilgan Matiz’ni öğirlab ketdi
















