Tadbirda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan, Turkmaniston Milliy kengaşi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Vengriya boş vaziri Viktor Orban iştirok etdi.
Yiğiliş kun tartibiga muvofiq, davlat rahbarlari siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Özaro boğliqlikni kuçaytiriş, turizm, energetika va qişloq xöjaligi sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi. Hududlar örtasida fan va ta’lim, texnologiyalar va innovatsiyalar borasidagi hamkorlikning samarali mexanizmlarini işlab çiqişga alohida e’tibor qaratildi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev öz nutqida tinçlik va döstlik ramzi, fan va ma’rifat markazi bölmiş Samarqand şahrini “Turkiy sivilizatsiya poytaxti” deb e’lon qiliş taşabbusi qöllab-quvvatlangani uçun sammit iştirokçilariga minnatdorlik bildirdi.
– Qadim turkiy zamin ming yillar davomida Şarq va Ğarbni tutaştirib, jahon sivilizatsiyalarini bir-biriga yaqinlaştirib, dunyo madaniyatlarini boyitib kelgan. Biz Turkiy dunyo buyuk tarixining yorqin sahifalari uluğ ajdodlarimiz tomonidan birgalikda yaratilgani bilan haqli ravişda faxrlanamiz, - dedi Özbekiston yetakçisi.

Geosiyosiy ziddiyatlar, global iqtisodiy inqiroz va iqlim özgarişining salbiy oqibatlari ortib borayotgan şaroitda eng dolzarb muammolar yeçimi böyiça davlatlarimiz umumiy yondaşuvlarni belgilab olişi, sa’y-harakatlarni uyğunlaştirişi nihoyatda muhimdir.
Özbekiston rahbari Taşkilot faoliyatining çuqur tahlili asosida turkiy mamlakatlarning ulkan salohiyati va imkoniyatlarini işga solişga qaratilgan qator taşabbuslarni ilgari surdi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik asoslarini mustahkamlaş maqsadga muvofiq ekani qayd etildi.
– Mamlakatlarimiz özaro tovar aylanmasi umumiy taşqi savdomizning atigi 4 foizini taşkil etadi. Uning qolgani esa uçinçi davlatlar uluşiga töğri kelmoqda. Albatta, bunday holat heç birimizni qoniqtirmaydi, - deya ta’kidladi prezident.
Bu strategik yönalişda vaziyatni tubdan özgartiriş, savdo, investitsiya va xizmatlarning erkin harakatini ta’minlaş uçun taşkilot doirasida “Yangi iqtisodiy imkoniyatlar hududini”ni barpo etiş taşabbusi ilgari surildi. Uşbu maqsadga erişiş uçun davlat rahbari har yili Xalqaro turkiy iqtisodiy forumni ötkazişni taklif etdi. Forum doirasida “davlat va biznes” formatida qöşma tadbirlar, tadbirkorlar uçraşuvlari va davra suhbatlari, innovatsion loyihalar taqdimotlari va körgazmalarni ötkaziş katta amaliy natija beradi. Uşbu tadbirlar yakunlari böyiça qöşma dastur va loyihalarni birgalikda amalga oşirişga qaratilgan yillik “Yöl xaritalari” qabul qilinişi muhim ahamiyatga ega böladi.


















