Sammit asosiy tadbirlaridan keyin, turkiy davlatlar yetakçilari Registon maydoniga taşrif buyurdi.

– Ne-ne tarixiy voqealarga guvoh bölgan muhtaşam Registon maydonida turib, turkiy dunyo sivilizatsiyasining yangi bosqiçiga ramziy ma’noda qadam qöymoqdamiz. Uluğ ajdodlarimizga xos bölgan azaliy an’analarni davom ettirgan holda, yana bir xayrli taşabbusni boşlamoqdamiz, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Daraxt ekiş millatlar qadriyati, bugungi muştarak intilişlar timsoli ekani ta’kidlandi. 

– Bu işlarning barçasi turkiy xalqlar umumiy taraqqiyoti va farovonligi sari muştarak intilişlarimizning yaqqol timsoli, desak, mubolağa bölmaydi. Biz bugun turkiy dunyo hurmatli yetakçilarining uşbu tabarruk zaminga öz qöllari bilan köçat ekayotganlarini yuksak qadrlaymiz. Zero, bu nihollar – hayot daraxtlari, döstlik va özaro işonç, ma’naviyat va kelajak boğlari bölib qad rostlaydi, – dedi davlat rahbari.

Şundan söng, Özbekiston Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkiya, Turkmaniston va Vengriya yetakçilari majmua boğiga köçatlar ekdi.

Marosim uşbu davlatlar poytaxtlari va mamlakat hududlarida videoaloqa orqali körsatildi. U yerlarda ham minglab köçatlar ekildi. Şu tariqa, daraxtzorlarni köpaytiriş harakati xalqaro miqyos kasb etdi.

Turkiy davlatlar yetakçilari birgalikda suratga tuşdi.