“Bizning şarqimizdagi davlat – Ukrainadagi holatning bizga ta’siri juda kuçli. Bir millionga yaqin qoçoqlar bizga keldi. Inflatsiya keskin oşib ketdi. Oziq-ovqat, energetika narxlari oşib ketdi. Yevropa Ittifoqi sanksiyalar orqali Rossiyani zaiflaştirib, muzokaraga undamoqda. Lekin buning aksi bölyapti, Yevropa Ittifoqida retsessiya bölyapti. Biz buning ortida kelajakda davomli iqtisodiy inqirozni kutsak böladi.

Tinçlik uçun çaqiriqlar muammolarga duç kelmoqda, turli tinçlik taşkilotlari siyosiy institutlarga aylanib ketyapti. Turkiy davlatlar taşkilotining mana bu tadbirlarini esa biz tinçlik forumi deb ataymiz. Özim ham bu yerda tinçlik ğoyalarini his qildim. 

Bu yil 250 ming noqonuniy muhojirlarni çegaramizda töxtatib qoldik. Biz Yevropaga imkon qadar tezroq tinçlik bölişi tarafdorimiz. Fursatdan foydalanib, Turkiyaga, Yevropaga Rossiyadan taşqari yagona gaz manbasi bölib turgan Ozarboyjonga minnatdorlik bildirmoqçiman. Vengriya Ğarb va Şarq hamkorligini qöllab-quvvatlaydi. Bunday hamkorlik bölmasligi hammaga zarar keltiradi”, – deya Vengriya hukumati raisi sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.