“Yevroittifoq yetakçilari hammasi xursand: xudoga şukr, Vengriya özimizga qaytdi, deyişyapti. Saylov ötişi bilanoq Budapeştning Ukrainaga yordam masalasidagi pozitsiyasi darhol özgardi”, deydi Kamoliddin Rabbimov. Farhod Karimovning qayd etişiça, taşqi siyosiy vektor özgarişi aniq, lekin Orbanning 16 yillik hokimiyatidan keyin boşqaruv bir zumda özgarib qolişini kutiş yaramaydi.
Vengriyada 16 yil hokimiyatda bölgan Viktor Orban saylovlarda mağlubiyatga uçradi va muxolifat yetakçisi Peter Mojar ğalaba qozondi. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida iştirok etgan siyosatşunoslarga köra, u Orban davridagi taşqi siyosatdan asta-sekin uzoqlaşişi kutilmoqda. Mojar u Yevroittifoq bilan yaqinlaşadi, şu bilan birga, Rossiya bilan iqtisodiy manfaatli aloqalar ham transformatsiyaga uçraydi.
Yangi yetakçi Ukraina uçun moliyaviy yordamni bloklamasligini e’lon qilib ulgurdi.
“Orban qurgan tizimni özgartiriş tez bölmaydi, buning uçun hatto referendumlar talab etilişi mumkin”
Farhod Karimov:
— Peter Mojar saylovoldi çiqişlari va dasturida saylovçilar e’tiborini asosan Viktor Orban olib borgan içki va taşqi siyosatni tanqid qiliş orqali qozondi. Aynan şu tanqidiy yondaşuv unga saylovda ğalaba keltirdi. Şunday ekan, u kelgusida ham şu yönalişni davom ettirişi kutiladi.
Vengriyada içki va taşqi siyosatda özgarişlar bölişi mumkin, biroq bu jarayon tez keçmaydi. Sababi – Orban 16 yil davomida davlat tizimini ança mustahkamlab ulgurgan. Uni özgartiriş uçun konstitutsion islohotlar, hatto referendumlar talab etilişi mumkin. Şuningdek, Orban şakllantirgan boşqaruv şakli, kadrlar tizimi, harbiy va moliyaviy institutlar hanuz öz ta’sirini saqlab qoladi.
Şu bois Mojar hokimiyatga kelişi bilan bu tizimni qisqa muddatda tubdan özgartira olmaydi. Ammo siyosiy pozitsiyalarda ma’lum özgarişlar kuzatiladi. Xususan, Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlaşuv, Ukraina masalasida muvozanatliroq yondaşuv hamda moliyaviy majburiyatlar böyiça pozitsiyaning qayta körib çiqilişi ehtimoli mavjud.
Mojar saylovoldi çiqişlarida aynan şu yönalişni bir neça bor ta’kidlab, Vengriya siyosatini Ğarb tomon burişga intilişini bildirgan edi. Biroq bu özgarişlar birdaniga yuz bermaydi, buning uçun kamida bir neça yil talab etiladi.
















