Avvalroq Turkiya prezidenti Şimoliy Kiprni Turkiy davlatlar taşkilotiga kuzatuvçi sifatida qabul qiliş taklifini ilgari surgandi.

«Sammit yakunlari böyiça Şimoliy Kipr böyiça heç qanday hujjat imzolangani yöq. Özbekiston xalqaro normalarga asoslangan holda har bir davlatning hududiy yaxlitligini hurmat qiladi. Şunday ekan, Şimoliy-Kiprni Turkiy davlatlar taşkilotiga kuzatuvçi sifatida qabul qiliş haqida gap bölişi mumkin emas.

Unutmaslik lozimki, Şimoliy Kipr Islom hamkorlik taşkiloti, Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti kabi xalqaro birlaşmalarda kuzatuvçi davlat hisoblanadi. Bundan taşqari, Şimoliy Kipr 30 yildan buyon Turk madaniyati xalqaro taşkilotida kuzatuvçi sifatida qatnaşadi. Va bu borada hozir heç kim savol berayotgani yöq.

Kipr turklari öz qardoşlari bilan yaqinroq aloqada bölişni istaşi tabiiy hol. Ammo bu masalalar Taşkilot va a’zo davlatlarning qonunçiligi bilangina tartibga solinadi», dedi Norov.

Ma’lumot uçun, Kipr davlati şimolidagi turklar öz davlatini tuzib uni Şimoliy Kipr Turk Respublikasi deb atagan. Xalqaro hamjamiyatga faqat Turkiya Şimoliy Kiprni davlat sifatida tan oladi.