«USAID Orolböyi mintaqasidagi çöllanişning salbiy oqibatlariga qarşi kuraşiş uçun qariyb 1,6 million dollar ajratadi, bu havo sifati va yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, şuningdek, iqlim özgarişlariga çidamlilikni oşirişga olib keladi», — deyiladi hisobotda.
Birinçi ERAS loyihasi 2021 yildan buyon Orol dengizining Qozoğiston qismida amalga oşirilmoqda. Ikkinçi loyiha – ERAS II – Orol dengizining Özbekistondagi qismida ösimliklar ekişga qaratiladi.
Bundan taşqari, USAID şörlanişga çidamli ekinlarni ekiş va suğoriş böyiça innovatsion texnologiyalarni tadqiq etiş va joriy qilişni qöllab-quvvatlaydi.
Qozoğiston va Özbekiston tajriba almaşiş va Orol fojiasining salbiy oqibatlarini yumşatiş böyiça sa’y-harakatlarni birlaştirişga va’da bermoqda.
ERAS II dasturi USAID suv resurslari va atrof-muhit böyiça Mintaqaviy loyiha tomonidan Özbekiston Örmon xöjaligi qömitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Orolböyi xalqaro innovatsion markazi, akademik va ilmiy-tadqiqot muassasalari, Möynoq tumani hokimligi, şuningdek, Qozoğiston Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi bilan hamkorlikda amalga oşiriladi.
Orol dengizi sathi 1960-yillardan boşlab pasaya boşladi. 1989 yilda dengiz ikkita alohida suv havzasiga - Şimoliy (Qozoğistonda) va Janubiy (Özbekistonda) Orol dengiziga bölindi. Dengizning qurişi butun Markaziy Osiyo uçun ekologik halokatga aylandi va mintaqa davlatlariga jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy zarar yetkazdi.

















