16 oktabr kuni Farğona viloyat IIB tasarrufidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga olib kelingan 15 yaşar ösmir 18 oktabr kuni şu muassasada vafot etgani ortidan markaz xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan edi.
Farğona viloyat IIB axborot xizmatining xabar berişiça, IIV tomonidan ötkazilgan xizmat tekşiruvi yakuni böyiça Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazi boşliği egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Şuningdek, xizmat faoliyatida yöl qöygan kamçiliklari uçun 3 nafar xodimga “Hayfsan” berilgan. 4 nafar xodim esa lavozimiga loyiq yoki noloyiqligini aniqlaş maqsadida navbatdan taşqari attestatsiyadan ötkazilişi belgilangan.
Avvalroq ölim yuz bergan kunda navbatçilik qilgan 2 nafar içki işlar organi xodimi tarbiyalanuvçilarni nazoratsiz qoldirib, janjalning oldini olmagani uçun vazifasidan çetlatilgan hamda ularga nisbatan töplangan hujjatlar qonuniy çora köriş uçun viloyat prokuraturasiga taqdim qilingandi.
Eslatib ötamiz, 15 yaşar ösmir Buvayda tumani IIB boşliğining 16 oktyabrdagi qarori bilan Qöqon şahridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga joylaştirilgan. Viloyat prokuraturasiga köra, markazga joylaştirilgan kunning ertasiga, ya’ni 17 oktyabrda yigitning soğliği yomonlaşib, huşidan ketgan. Şundan söng, tez yordam xodimlari unga tibbiy yordam körsatib, şifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga köra, marhumning ölimiga «boş miya kalla yopiq şikasti, miya qattiq parda ostiga qon quyilişi, boş miya moddasining lat yeyişi» sabab bölgan. Rasmiylar marhum markazdagi sakkiz nafar bola bilan sodir bölgan muştlaşuvdan söng ölganini aytişmoqda

















