Sönggi haftalarda Ukrainadagi uruşni diplomatik yöl bilan hal qilişning qat’iy tarafdori bölgan AQŞ Qurolli kuçlari ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi (ŞBQ) raisi general Mark Millining pozitsiyasi prezident Jo Baydenning xavfsizlik böyiça guruhi, şu jumladan davlat kotibi Entoni Blinken va milliy xavfsizlikka oid yordamçisi Jyeyk Sallivan tomonidan qöllab-quvvatlanmayapti. Blinken va Sallivan Ukraina böyiça muzokaralar vaqti kelganiga işonmayapti, deb xabar qildi CNN AQŞ ma’muriyatining ikki vakiliga tayanib.
9 noyabr kuni Nyu-York Iqtisodiy klubida sözga çiqqan Milli Xersonni ozod qilişdagi sönggi muvaffaqiyatlar fonida Ukraina Qurolli kuçlarini yuqori baholadi, biroq ayni paytda Rossiya ustidan töliq harbiy ğalabaga erişib bölmasligiga işonç bildirdi. «Muzokaralar olib boriş imkoniyati mavjud bölganda, tinçlikka erişiş mumkin bölgan vaziyatda, hozirgi paytdan foydalaniş lozim», deb maslahat berdi Milli.
«Qaror - ukrainaliklarning ixtiyorida. Ukraina haqida heç narsa - Ukrainasiz heç narsa», - dedi Bayden, öz navbatida, 9 noyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida undan muzokaralar ötkaziş imkoniyati haqida söralganda.
CNN ma’lumotlariga köra, AQŞ Davlat departamenti Mark Millining qaraşlaridan tubdan farq qiladigan pozitsiyani egallaydi. Telekanal ta’kidlaşiça, aslida Amerika Qöşma Ştatlaridagi harbiy rahbariyat amerikalik diplomatlarning özidan köra faolroq diplomatiyani talab qilayotganiga oid vaziyat yuzaga kelgan.
AQŞ taşqi siyosat idorasi matbuot kotibi Ned Prays 10 noyabr kuni Davlat departamenti Millining pozitsiyasiga rozimi yoki yöqligini aytmadi. Buning örniga Prays sönggi oylarda tez-tez paydo bölayotgan nuqtayi nazarni bildirdi: Qöşma Ştatlar Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni qöllab-quvvatlaydi. «Ukrainaliklar uruşning tugaşi oxir-oqibat muzokaralar stoliga ötiriş orqali röy berişini oçiq bildirgan. Ruslar ham vaqti-vaqti bilan şunday fikr bildirişgan», - dedi Prays.
«Moskva nafaqat sözda, balki amalda ham muzokaralarga tayyorligini, ukrainalik hamkorlarimizdan dunyo aniq eşitgan narsani - ular muzokaralar stoliga ötirişga tayyor ekanligini körsatişga va vijdonan hamkorlikni olib borişga mas’uldir», - deya qöşimça qildi Davlat departamenti vakili.
AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik masalalari böyiça yordamçisi Jyeyk Sallivan 4 noyabr kuni e’lon qilinmagan taşrif bilan Ukraina poytaxtiga keldi. Sallivan prezident Zelenskiy, uning idora rahbari Andrey Yermak va mudofaa vaziri Aleksey Reznikov bilan uçraşib, Vaşingtonning Kiyevni sözsiz qöllab-quvvatlaşiga işontirdi.


















