Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen Rossiyaning energetika sohasidagi harakatlarini keskin tanqid qildi. «Biz Rossiya öz gazini sotiş örniga yoqişni afzal körayotganini köryapmiz. Bu jahon energetika bozorlarida taqçillikni keltirib çiqaradi va narxlarning keskin oşişiga olib keladi», dedi seşanba kuni Indoneziyada bölib ötgan G20 sammitining birinçi sessiyasida fon der Lyayyen.
Uning sözlariga köra, şu sababdan YeI Rossiyadan neft narxining yuqori çegarasini joriy etişni qöllab-quvvatlagan – bu past va örta daromadli mamlakatlarga foyda keltiradi.
«Ammo hozirgi vaziyatga eng yaxşi javobimiz toza energiyaga ötişni tezlaştirişdir», - deya qöşimça qildi Yevrokomissiya rahbari. Uning ta’kidlaşiça, bu - «energetika va iqlim inqirozlariga yagona javob», bu - dunyoning boşqa mintaqalari uçun katta imkoniyatlar oçadi. Kelgusi beş yil içida Yevropa qayta tiklanadigan energiya manbalariga, xususan, vodorod energetikasiga kamida 4 milliard yevro sarmoya kiritadi, dedi Ursula fon der Lyayyen va bu yirik xususiy sarmoyalarni jalb qilişini qöşimça qildi.
Yevropa Ittifoqi kengaşi rahbari Şarl Mişel ham Rossiyani tanqid qildi. Uning sözlariga köra, Moskva energiyadan qurol sifatida foydalangan va bu nafaqat Yevropa, balki butun dunyo iqtisodiyotiga salbiy ta’sir körsatmoqda.

















