Rossiyalik xonanda Polina Gagarinaning Qozoğistondagi konserti bekor qilindi. Bunga uruşni qöllab-quvvatlovçi xonandaning mamlakatga kelişiga ijtimoiy tarmoqlarda norozilik bildirilgani sabab böldi.

Gagarinaning «Obezorujyena» nomli gastroli doirasidagi konserti 14 noyabr kuni Olmaotada bölib ötişi lozim edi. Biroq, bu haqda e’lon qilinganidan köp ötmay, ijtimoiy tarmoqlarda «maşhur Z-artistni Qozoğistonga taklif qilgan» taşkilotçilarni tanqid qiluvçi postlar paydo böldi.

Konsertning bekor qilingani rasmiy ravişda hali e’lon etilmadi. Biroq, uning anonsi Gagarinaning rasmiy veb-saytidan, konsert taşkilotçisi veb-saytidan va yirik çipta agentliklari veb-saytlaridan yöqolgan.

Polina Gagarina Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini oçiq qöllab-quvvatlaydi. 25 fevral kuni u Nikolay Baskovning bosqinni qöllab-quvvatlovçi, «tinçlikni saqlaş operatsiyasi» va «özini himoya qiliş» deb atagan postiga «layk» bosdi. Şuningdek, mart oyi örtalarida Moskvada ötkazilgan Qrim annexiasiga bağişlangan konsertda qatnaşdi.