IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati Yunusobod tumanida «qimmatbaho» avtomobillar iştirokida YTH sodir bölgani haqidagi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinişiça, Toşkent şahrining Amir Temur köçasi, TATU universiteti qarşisida 4 ta maşina iştirokida töqnaşuv sodir bölgan.
«Dastlabki ma’lumotlarga köra, 14 noyabr kuni soat 21:10 larda Toşkent şahar Amir Temur köçasi TATU universiteti qarşisida 2000 yilda tuğilgan haydovçi A.K. boşqaruvidagi Lada Vesta, 1993 yilda tuğilgan haydovçi L.M. boşqaruvidagi Equinox, 1998 yilda tuğilgan haydovçi A.A. boşqaruvidagi Mercedes-Benz, yöl çetida töxtab turgan Nexia (haydovçining şaxsiga aniqlik kiritilmoqda) avtomobillari iştirokida töqnaşuv sodir böldi», deyiladi xabarda.

Hodisa oqibatida Equinox avtomobili ağdarilgan. Avtomobil haydovçisiga birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan.
Internetda tarqalgan videoda Nexia jiddiy şikastlanganini köriş mumkin. Uning içida odam bölmagan. Mercedes-Benz ham paçoq bölgan.


YTH yuzasidan Toşkent şahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

















