Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsuddinovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, ikki kunda Jizzax va Xorazm viloyatlarida 5 kişi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Jumladan, 2022 yil 13 noyabr kuni soat 19:30 larda Xorazm viloyati Urganç şahri, 4-daha 25-uy 21-xonadonda ijara asosida yaşovçi, 2001 yilda tuğilgan fuqaro D.S. va 2007 yilda tuğilgan R.B. xonadonida örnatilgan qölbola usulda tayyorlangan isitiş qozonidan ajralib çiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.
2022 yil 13 noyabr kuni holat yuzasidan Urganç şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
2022 yil 15 noyabr kuni soat 8:30 larda Jizzax viloyati Zarbdor tumani, Yangikent mahallasida yaşovçi, 1959 yilda tuğilgan fuqaro A.A. nabiralari, 2008 yilda tuğilgan O.A. va 2010 yilda tuğilgan Ç.T. yaşaş xonadonida qölbola usulda tayyorlangan isitiş moslamadan sizib çiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, 2022 yil 6 noyabr kuni Jizzaxda 34 yoşli ona va uning 10 va 15 yoşli ikki farzandi is gazidan vafot etgandi.
Özbekistonda sovuq mavsum boşlanganda is gazi bilan zaharlaniş holatlari sodir böladi. Aksariyat hollarda is gazi bilan zaharlaniş isitiş peçlari mörisining yaxşi tozalanmasligi yoki isitiş peçlarini örnatişda e’tiborsizlik qiliş ortidan kelib çiqadi.

















