Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi matbuot xizmatining xabar berişiça, Dehqonobod tumani “Beşqöton” MFYda hokim yordamçisi bölib işlagan A.T. bir guruh tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlari bilan özaro jinoiy til biriktirib, davlat dasturlari asosida fuqarolarga ajratilgan kredit mablağlarini özlaştirgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Dastlabki tergov davomida A.T.ga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov yakuni böyiça batafsil axborot beriladi», deyiladi xabarda.

Xabarda hokim yordamçisi va uning şeriklari qança mablağ özlaştirganiga oydinlik kiritilmagan.

Avvalroq, Jizzaxda hokim yordamçisi 2 000 dollar olayotganda uşlangandi.