Zelenskiy tegişli murojaatni ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirdi.
Ukrainaga 85 ta raketa zarbasi berildi, ularning aksariyati energetika infratuzilmasiga qaratilgan, dedi u.
«Hali oldinda yana 20 ga yaqin zarbalar bölişi mumkin», deb taxmin qildi Zelenskiy.
Bundan oldin AQŞ Rossiyaning raketa zarbalarini qoralab çiqqandi.
AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi Jyeyk Sallivan sözlariga köra, Qöşma Ştatlar Ukrainaga harbiy yordam körsatişda davom etadi.
«Qöşma Ştatlar Rossiyaning Ukrainaga qarşi sönggi raketa zarbalarini keskin qoralaydi, bu hujumlar Kiyevdagi turar-joy binolari va butun mamlakat böylab boşqa inşootlarga zarar yetkazgan. Bali orolidagi G20 sammitida dunyo yetakçilari yiğilib, odamlarning hayoti uçun katta ahamiyatga ega bölgan masalalarni muhokama qilganda, Rossiya bu hayotga tahdid solayotgani va Ukrainaning muhim infratuzilmasini vayron qilayotgani e’tiborimizdan çetda qolmadi», dedi u brifingda.
15 noyabr kuni Rossiya tomonidan Ukraina şaharlari böylab ommaviy raketa zarbalari berildi. Oqibatda, turar joy binolari, muhim infratuzilma obektlariga jiddiy zarar yetkazildi. Qurbonlar soni ma’lum qilinmadi. Ukraina Qurolli kuçlari Rossiya tomonidan 100 ga yaqin raketa uçirilgani va bu sönggi oylardagi eng yuqori körsatkiç bölganini ma’lum qildi.


















