Unda özaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş va kompaniyaning Özbekiston farmatsevtika bozoriga yanada faol kirişi bilan boğliq masalalar atrofliça muhokama qilindi.
Joriy yil oktabr oyida Toşkent şahrida uşbu kompaniyaning tölaqonli vakolatxonasi oçildi. Ofis faoliyati mutaxassislar tayyorlaş, Özbekistondagi tibbiyot muassasalarini maxsus jihozlar bilan ta’minlaş, farmatsevtika sanoatida texnologik innovatsiyalarni qöllaş, farmatsevtika va tibbiy xizmatlar integratsiyasini rağbatlantiriş, Polşada mutaxassislar tayyorlaş uçun grantlar ajratiş bilan boğliq loyihalarni ilgari surişga yönaltiriladi.
Adamed Group Özbekistonda farmatsevtika mahsulotlari savdosini oşirişni rejalaştirmoqda. Özbek bozori tahlili asosida Özbekistonda dori vositalari işlab çiqaruvçi korxonalarni oçiş masalasi kun tartibida turibdi.
Uçraşuv çoğida Özbekiston elçisi Bahrom Boboyev Toşkent tibbiyot akademiyasi (TTA) bilan avval erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş borasidagi muvaffaqiyatlarni bildirdi. Adamed Group TTA negizida talabalar uçun dori vositalari işlab çiqariş, biotexnologiya va farmatsevtika sohasida innovatsiya tadqiqotlari, nou-xauni joriy etiş böyiça simulyatsiya öquv laboratoriyasini qurişga kirişdi.
Katarina Dubno Özbekistonda soğliqni saqlaş asosiy vazifalaridan biri bölajak tibbiyot mutaxassislarini tayyorlaş ekanini qayd etgani barobarida Polşa kompaniyasi bunda kömak beriş niyatida ekanini tasdiqladi.

















