Qozoğistonlik erkakning videosi ijtimoiy tarmoqlarning qozoq segmentida tezkor tarqaldi. Video muallifining aytişiça, u Ostonada taksi çaqirgan va haydovçi yoş bolali ayol ekanini körib, hayron qolgan.

«Oldingi yölovçi örindiğida çaqaloq yotardi. Beş daqiqadan söng çaqaloq yiğlay boşladi. Ayol şoşib qolmadi. U bir qöli bilan rulni uşlab, ikkinçi qöli bilan çaqaloqni kötarib, emizişni boşladi. Tez orada bola tinçlandi», deb yozdi u.

Post muallifi ayol bilan suhbatlaşib, çaqaloq endigina beş oylik ekanini, uni otasiz tarbiyalayotganini bilib olgan. Şuningdek, ayol ertalab soat yettidan tuşgaça taksi haydaşini, keyin keçki ovqatdan keyin yana rulga ötirişini aniqlagan.

«Hammaning taqdiri har xil. Balki uning qarzlari bordir. Uning bu ahvoli adolatlimi? Çaqaloq munosib fuqaro bölib ulğayişini tilayman», deb yozdi muallif.

Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgaç, Qozoğiston politsiyasi ayolning şaxsini aniqlagan (uning ismi Asel) va bu qilmişi yöl-harakati xavfsizligi qoidalariga zid ekani haqida profilaktik suhbat ötkazgan.

«Poytaxt politsiyasi tomonidan haydovçining şaxsi aniqlandi. U bilan bolalarni taşişda qöyilayotgan talablar buzilgani yuzasidan profilaktik suhbat ötkazildi», — deyiladi politsiya boşqarmasi xabarida.

Şuningdek, politsiya xodimlari ayolga bolani ovqatlantiriş uçun möljallangan stulça sovğa qilişgan.

Uşbu video ijtimoiy tarmoqlarning qozoq segmentida katta şov-şuvga sabab böldi.

Avvalo, bir guruh faollar ayolni qöllab-quvvatlaş uçun deyarli 2 million tenge (qariyb 4400 AQŞ dollari) yiğişga muvaffaq bölişdi.

Söngra, «Bіz bіrgemіz» jamoat jamğarmasi rahbari Perizat Qayrat turli quriliş kompaniyalari bilan boğlanib, ayolga uy-joy masalasida yordam söradi.

«Aqtöbelik tadbirkor ayol Moldir Suyunşali bilan boğlandik. U Ostonada şaxsiy uylar quradi. Bir oy oldin u fondimizga yangi turar joy majmuasidan kvartira ijaraga bergan edi. Men Aselga uşbu kvartirani sovğa qilişni taklif etdim. U rozi böldi», dedi Perizat.