Amerika ommaviy axborot vositalarining 16 noyabr, çorşanba kuni çop etilgan prognozlariga köra, AQŞ Respublikaçilar partiyasi zarur bölgan minimal köpçilik ovozni qölga kiritiş orqali Kongress Vakillar palatasi ustidan nazoratni ta’minladi.

CNN ma’lumotlariga köra, oraliq saylovlarda respublikaçilar Vakillar palatasini nazorat qiliş uçun zarur bölgan 435 örindan 218 tasini qölga kiritgan.Şu paytgaça Kongress quyi palatasini nazorat qilib kelgan Demokratik partiya 208 öringa ega. Yana töqqizta örin aniqlaştirilmagan.

Şu bilan birga, NBC telekompaniyasining ma’lumotlariga köra, respublikaçilar Vakillar palatasida 221 öringa, demokratlar esa 214 öringa ega.

Respublikaçilar partiyasining Vakillar palatasidagi ğalabasi demokrat Nensi Pelosining Vakillar palatasi spikeri sifatidagi ikkinçi muddatini tugatadi. Yangi spiker Respublikaçilar palatasi yetakçisi Kevin Makkarti bölişi kutilmoqda.

Makkarti Vakillar palatasida respublikaçilarning köpçilikni taşkil etişi haqidagi xabarni olqişladi. «Amerikaliklar yangi yönalişga, Vakillar palatasidagi respublikaçilar esa buni ta’minlaşga tayyor», deb yozdi u Twitter'da.

AQŞ prezidenti Jo Bayden Kevin Makkarti partiyasini Vakillar palatasida köpçilikni qölga kiritgani bilan tabriklab, «oddiy amerikaliklar manfaati uçun natijalarga erişişda Vakillar palatasidagi respublikaçilar bilan hamkorlik qilişga tayyor»ligini aytdi.

«Amerikaliklar bizdan ular uçun harakat qilişimizni xohlaydilar. Ular bizdan özlari uçun muhim bölgan masalalarga va hayotini yaxşilaşga e’tibor qaratişimizni xohlaşadi. Men esa ular uçun natijalarga erişişda men bilan işlaşni istagan har bir kişi bilan işlayman, u respublikaçi yoki demokrat bölsin», - deyiladi Oq uy bayonotida.

Demokrat Baydenning partiyadoşlari avvalroq Kongressning 100 örinli yuqori palatasida 50 örinni qölga kiritib, Senatdagi köpçilikni saqlab qolişga muvaffaq bölgan. Demokrat, vitse-prezident Kamala Xarris hal qiluvçi ovoz beriş imkoniga ega.

AQŞda oraliq saylovlar 8 noyabr kuni bölib ötdi. Unda Vakillar palatasining butun tarkibini (435 örin) va Senatning uçdan bir qismini (yuzdan 35 örin) qayta saylandi. Bundan taşqari, 36 ştatda yangi gubernatorlar saylangan.

Jorjiya ştatida ikkinçi raund bölib ötadi, u 6 dekabrga belgilangan. Bu haqda ştat davlat kotibi Bred Raffensperger ma’lum qildi.