Uning ma’lumotlariga köra, «Ukrgazdobyça» AJning bir qança obektlari vayron bölgan va zarar körgan. 

«Ukrgazdobyça» mutaxassislari allaqaçon şikastlangan obektlarga yetib borgan hamda hujum oqibatlari va kölamini baholamoqda, deb ma’lum qildi «Naftogaz» boşqaruvi raisi Aleksiy Çernişov.

Bundan oldin Ukraina hududiga yana ommaviy raketa zarbalari berilgandi.

Ukraina boş vaziri Denis Şmixalning ma’lum qilişiça, Rossiyaning payşanba kungi raketa hujumlari birinçi navbatda gaz işlab çiqaruvçi korxonalarga, şuningdek, Dniprodagi «Yujmaş» zavodiga qaratilgan.

Öz navbatida, Dnipro meri Boris Filatovning sözlariga köra, raketa hujumi qurbonlari soni 8 kişini taşkil etdi.

Ukrainaning bir qança Telegram-kanallari ma’lumotiga köra, Eronning kamida uçta uçuvçisiz uçoği Belarusdan Kiyev tomon yöl olgan. 

Vinnitsa viloyatida portlaşlar haqida xabarlar bor, hozir u yerda havo hujumidan mudofaa tizimi işlamoqda. 

Bundan taşqari, Kiyev viloyati uzra bir neçta qanotli raketalarning parvozi qayd etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, Ukraina poytaxti osmonida ikkita raketa urib tuşirilgan.