Ukraina Harbiy havo kuçlari raketalarning aniq soni va turlariga aniqlik kiritmadi. Biroq, ma’lumki, bitta X-101 raketasining taxminiy narxi 13 mln dollar, «Kalibr» - 6,5 mln dollar, X-555 - 4 mln dollar turadi, deb yozdi Forbes. Sönggi zarbalar Tu-95 va Tu-160 samolyotlari orqali X-101 va X-555 raketalari bilan amalga oşirilgan. 

10 oktyabr kuni Ukraina hududiga qilingan dastlabki yirik raketa hujumi Rossiya Federatsiyasiga 400-700 million dollarga tuşgan edi. Şu vaqtda Rossiya 84 ta qanotli raketa va 24 ta dronni uçirdi. 

Undan oldin eng ommaviy zarbalardan biri 25-26 iyun kunlari sodir böldi, öşanda Rossiya va Belarusdan umumiy qiymati 150-220 million dollargaça bölgan 60 dan 80 tagaça uzoq masofali raketalar uçirildi. 

15 noyabr kuni tuşdan keyin Rossiya Ukrainaga yirik raketa hujumini boşladi: 70 ga yaqin qanotli X-101/X-555, 20 ga yaqin dengiz «Kalibri» va 10 ta kamikadze dronlari uçirildi. Avvalgi zarbalar singari, köplab raketalar turar joy binolariga tegdi. Ukraina havo mudofaasi raketalarning 73 tasini urib tuşirişga muvaffaq böldi.