Ukraina qurolli kuçlari Rossiyaning 15 noyabr kungi hujumlari vaqtida ukrain şaharlari böylab yuzga yaqin raketa uçirilganini ma’lum qilişdi. Ukraina energetika vaziri German Galuşçenko buni «uruş boşidan buyon energetika infratuzilmalariga qilingan eng keng kölamli hujum» deb atadi. Ukraina harbiylari AQŞ va ittifoqçilarga 15 noyabr kuni Polşada raketa qulagan joyga yaqin hududda rossiyaliklar raketasini tösişga uringani haqida ma’lumot berişgan. AQŞ yakuniy xulosa qanday bölmasin, Polşa hududiga raketa qulaşi uçun Rossiyani javobgar deb bilişini ma’lum qildi. RF TIV rossiyalik harbiylar uşbu hodisaga aloqadorligini butkul rad  etmoqda. Ukraina xavfsizlik xizmati  Xersonda rus harbiylari tomonidan şaharni okkupatsiya qiliş vaqtida foydalanilgan «qiynoq kameralari» topilganini da’vo qilmoqda. «Rus sidyaşçaya» inson huquqlari loyihasi asosçisi Olga Romanova xabar berişiça, «Vagner» guruhi a’zolari kamida 40 nafar uruş qatnaşçisini sudsiz qatl qilgan.

Quyida 16 noyabr, uruşning 266-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Rossiyaliklarning Çornobayivkada taşlab ketilgan pozitsiyasi

Çornobayivka aeroporti hududida qolgan RF armiyasining yakson etilgan harbiy texnikasi. Çornobayivka — rossiyalik harbiylar taşlab çiqqan Xersondan 11 kilometr ğarbda joylaşgan. Çornobayivkada aeroport borligi tufayli, qişloq RF armiyasi uçun strategik ahamiyatga ega bölgan. 24 fevral kuniyoq Rossiya aeroport böylab zarbalar bergan, uç kun ötib uni egallab olgan. Şundan keyin Ukraina qurolli kuçlari muntazam ravişda aeroportni öqqa tutişdi — prezident ofisi maslahatçisi Aleksey Arestoviç ma’lumotiga köra, 10 iyulgaça ukrain qöşini bu hududga 26 bor hujum uyuştirgan. 11 noyabr kuni Ukraina qurolli kuçlari Çornobayivkani ozod