Senatning 35-yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboyeva moliya vaziri Timur Işmetovga vazirlik va idoralarning budjetdan taşqari mablağlari borasida savol berdi.
«Nega xalqning pulini boşqa yönalişlarga işlatyapsiz, desangiz, bu xalqning puli emas, jamğarmalardagi pul, deydi. Jamğarmadagi pullar ham xalqning puli-ku, töğrimi? Jamğarmalardagi mablağlar işlatilişi böyiça qanday fikringiz bor, uni qanday hal qilsa böladi?» - deya savol berdi Norboyeva.
Işmetov jamğarmalar masalasi eng oğriqli masala ekanini aytdi.
«Bu haqiqatan ham katta muammo. Vazirliklar bilan muhokama qilişdagi eng oğriqli masala. Biz bunday jamğarmalarning tuşumlarini töğri budjetga yönaltirib, xarajatlarni ham budjetdan amalga oşiriş tarafdorimiz.
Mablağlar işlatilişi yönalişiga qarasak, eng asosiy qismi vazirliklar xodimlarining oyliklariga qöşimça ustamalar tölaşga qaratilgan. «Davlat xizmati töğrisida»gi qonun çiqqandan keyin hammasining xarajatlari budjetga yönaltiriladi, hukumat tomonidan topşiriq olingan. Davlat xodimlarining oylik tizimini unifikatsiya qiliş masalasini körib çiqamiz – hamma vazirlikda har xil bölib ketgan. Öşa hal bölsa, mablağlarning asosiy qismini töğri budjetga yönaltirsa böladi», - dedi vazir.
Uning qöşimça qilişiça, muammoning ikkinçi qismi (quriliş uçun) kapital xarajatlar hisoblanadi.
«Prezident topşiriği bilan barça vazirliklarda kapital xarajatlar, ya’ni qurilişlarga çeklov qöyildi. Endi heç kimning bunga haqqi yöq.
Fikrimizça, bunday qurilişlarni investitsiya dasturi doirasida amalga oşiriş kerak.
Biz investitsiya dasturini şakllantirganda, har bitta maktab, boğça soni böyiça qança töpolon böladi – özi arzimagan sonda maktab, boğça yoki şifoxona qurişga qurbimiz yetadi, ammo vazirlik va idoralar budjetdan taşqari mablağlarga öziga bino qurişga harakat qilib yurişgan. Hozir bu töxtatilgan.
Investitsiya dasturi doirasida mablağ 15 trln böladimi, 20 trln böladimi, 30 trln böladimi, davlat idorasi binosini qurganimiz muhimroqmi yoki şu pulga maktab yoki boğça qurgan ma’qulroqmi, degan narsani birgalikda körişimiz kerak», - dedi Işmetov.
Moliya vaziri idoralarning joriy xarajatlari (masalan, kanstovar oliş)ni qoldirgan holda yuqoridagi xarajatlarni uzil-kesil hal qiliş kerakligini aytdi.

















