Bu hududlar orqali Ukraina janubida Rossiya nazorati ostidagi hududlarga bir qança yirik quruqlik aloqa liniyalari ötadi, sun’iy yöldoşdan olingan suratlar esa Rossiya qöşinlari uşbu yönalişlarning bir qismi böylab mudofaa pozitsiyalarida turganini körsatadi, deya tuşuntirdi tahlilçilar.
Hududdagi yuqori sifatli avtomobil va temiryöllarning çeklangan soni, xususan, qöşib olingan Qrimni qit’a bilan boğlaşi mumkin bölgan tösiq hamda «zaif joylar»larni keltirib çiqaradi, deb ta’kidlaydi ISW ekspertlari.
Ularning taxminiça, Ukraina kuçlari Rossiyaning yangi mudofaa çiziğini mustahkamlaş va uşlab turişga qaratilgan sa’y-harakatlarini töxtata oladi.
Bundan oldin Ukraina Milliy politsiyasi rahbari Igor Klimenko umummilliy telemarafon efirida ozod qilingan Xersonda 500 ga yaqin ukrainalik politsiyaçi işlayotgani töğrisida xabar bergandi.
Klimenkoning sözlariga köra, Xerson viloyatining deokkupatsiya qilingan hududi böylab yana 300 ga yaqin politsiyaçi işlamoqda hamda bir hafta içida minalardan tozalaş va işlar ustuvorligi aniqlangandan söng, kontingentning umumiy soni kamida 2000 kişiga yetkaziladi.
Igor Klimenko hozirgaça bostirib kirgan harbiy xizmatçilar tomonidan sodir etilgan 414 ta harbiy jinoyat hujjatlaştirilganini, ayni vaqtda hujjatlaştiriş işlari davom etayotganini ta’kidladi.
Milliy politsiya rahbarining sözlariga köra, rus harbiylari Xersonni tark etişdan oldin şahar tergov izolyatoridan 400 dan ortiq mahkumni ozodlikka çiqarib yuborgan.
Ayni paytda 166 kişining qölga olingani Mikolayiv va Odessa viloyatlaridagi tergov hibsxonalariga qaytarilgani haqidagi ma’lumotlar tasdiqlandi.


















