Toşkent viloyatida 66,9 mingta va Toşkent şahrida 56,7 mingta iş örni umumiy hisobotni şakllantirişda sun’iy ravişda oşirib berilgan. Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari, senator Erkin Gadoyevning aytişiça, bunda bir kişi xizmat körsatiş sohasida ham, turizm yönalişida ham işlaşi qayd etilib, xuddiki yangi iş örni yaratilgandek, notöğri bölişiga qaramay hisobotlarga kiritilyapti. Natijada esa Toşkent viloyatida 3,6 mingta, Toşkent şahrida esa 4,6 mingta töldirilgan iş örni, yangi iş örni sifatida taqdim etilgan.
Şuningdek, Gadoyevning ta’kidlaşiça, yangidan taşkil etilgan yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlari içida öz faoliyatini töxtatganlarning salmoği yuqori.
Xususan, Toşkent viloyatining Ohangaron şahrida yangi taşkil etilgan YaTTlarning 52 foizi, Yangiyöl şahrida 39 foizi, Olmaliq şahrida 35 foizi va Yangiyöl tumanida 35 foizi, Toşkent şahrining Yangihayot tumanida 46 foizi, Bektemir tumanida 39 foizi, Yunusobod tumanida 38 foizi öz faoliyatini töxtatgan
Hunarmandçilik yönalişida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat röyxatidan mavjud bölmagan sub’yektlar ham iş örni hisobida körsatilgan va ularga “şogirdlar” ham biriktirilgan.
Toşkent viloyatida davlat röyxatida mavjud bölmagan hunarmandçilik sub’yektlarida 227 ta iş örni, Toşkent şahrida esa 69 ta iş örni ma’lumotlarda qöşib körsatilgani ma’lum qilindi.
Şuningdek, Toşkent viloyatida 872 nafar, Toşkent şahrida 991 nafar şogird davlat röyxatida mavjud bölmagan va faoliyati töxtagan hunarmandlarga biriktirilgan.
Ma’lumot uçun, yanvar-sentabr oylarida Özbekiston böyiça 5,9 mln nafar odam doimiy, vaqtinçalik hamda mavsumiy işlar bilan band qilingan. Toşkent şahar va Toşkent viloyatida ötkazilgan örganişlar natijasiga köra, viloyatda 318,7 ming nafar, poytaxtda 448,4 ming nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.
Xizmatlar sohasini rivojlantiriş maqsadida Toşkent viloyatida 23 ming nafar yangi iş örnidan iborat 12 ming 300 ta, şaharda 203 ming kişilik iş örni bilan 42 ming 300 ta xizmat körsatiş obektlari taşkil etilgan.
Toşkent viloyatida 431 ta, şaharda 128 ta investitsiya loyihasi işga tuşirilib, natijada 14,5 mingdan ziyod işçilarning bandligi ta’minlangan.
















