Bugun, 18 noyabr kuni Samarqanddagi “Ipak yöli” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida UNESCO boş direktori örinbosari Stefania Giannini, UNESCO’ning madaniy diplomatiya böyiça maxsus elçisi Hedva Ser, Germaniya Federativ Respublikasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Federal vazirligining parlamenti kotibi Niyels Annen va Özbekiston Boş vaziri örinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov iştirokida “Tinçlik daraxti” monumentining oçiliş marosimi bölib ötdi.

"Tinçlik daraxti" monumenti muallifi atoqli haykaltaroş Xedva Ser bölib, uning asarlari butun dunyoga maşhur.
Ramziy ma’noga ega uşbu monument ilk bor 2008 yilda UNESCO bilan hamkorlikda Isroilda örnatilgan. Keyinçalik esa Germaniya, AQŞ, Ozarboyjon, Qozoğiston, Andorra, Gretsiya, Malta va boşqa davlatlarda ham örnatildi. Bugunga qadar 17 ta davlatda "Tinçlik daraxti" mavjud edi. Samarqanddagisi esa 18-"Tinçlik daraxti" böldi. Uşbu monument bronzadan yasalgan bölib, oğirligi 750 kilogrammga teng.
"Monumentni örnatiş jarayonlarida bir jihat e’tiborimni tortdi, — dedi Xedva Ser xonim. — Odatda, boşqa joylarda “Tinçlik daraxti”ni yaratiş uçun uç oygaça vaqt sarflaganmiz. Samarqandda esa tört hafta yetarli böldi".

Ma’lumot uçun, bu san’at asarining dunyoda keng e’tirof etilişi muallif haykallarida uçta yetakçi din – yahudiylik, islom va nasroniylik timsollarini uyğunlaştirgani bilan boğliq.
















