«Şimoliy oqim-1» va «Şimoliy oqim-2» gaz quvurlaridagi portlaşlar «jiddiy diversiya» harakatlaridir. Palata prokurori, Şvetsiyadagi dastlabki tergovga rahbarlik qiluvçi Mats Yungkvist şunday xulosaga keldi, deb xabar berdi 18 noyabr, juma kuni mamlakat prokuraturasi.

«Tekşiruv davomida Boltiq dengizidagi jinoyat joyida keng kölamli materiallar musodara qilindi, qöporuvçilik sodir etilgan hududga tegişli hujjatlar puxtalik bilan yiğildi», — deyiladi prokuratura xabarida. Tahlillar topilgan bir qança begona jismlarda portlovçi moddalar izi borligini körsatdi, deya qöşimça qildi idora.

«Hodisa yuzasidan işonçliroq xulosalar çiqariş uçun çuqur tahlil işlari davom etmoqda», — dedi Mats Yungkvist. Dastlabki tergov - juda murakkab va katta hajmli. U ehtimoliy gumondorlar borligini körsatadi, deya qayd etdi prokuratura. «Şvetsiya va boşqa mamlakatlar rasmiylari bilan hamkorlik juda yaxşi yölga qöyilgan», dedi Yungkvist. U jarayon tinç va ortiqça e’tiborni jalb qilmasdan davom etişi kerakligini qöşimça qildi.

Bundan taşqari, alohida press-relizda aytilişiça, Yungkvist va uning Şvetsiya milliy xavfsizlik prokuraturasidagi hamkasbi Per Lindkvist ikki erkak kişini Rossiya foydasiga katta hajmdagi josuslikda ayblagan. Ulardan biri, şuningdek, maxfiy ma’lumotlarga «jiddiy notöğri munosabatda böliş»da ayblanmoqda.

Ayblov xulosasida aks ettirilgan ma’lumotlarning aksariyati maxfiydir, şuning uçun prokurorlarning tergovga izoh beriş imkoniyati çeklangan böladi, dedi prokuratura. Gap «Şvetsiya razvedkasi va xavfsizlik tizimiga qarşi öta oğir jinoyatlar» haqida ketyapti, deb tuşuntirdi idora. «Agar olingan ma’lumotlar çet elga uzatilsa, oşkor qilinsa yoki ularga yetib borsa, bu Şvetsiya xavfsizligiga zarar yetkazişi mumkin», dedi Per Lindkvist.

Ayblanuvçilar 2021 yil sentabr va noyabr oylaridan beri hibsda saqlanmoqda.

Wired naşrining 11 noyabr, juma kuni SpaceKnow kompaniyasi tahliliga tayanib xabar berganidek, «Şimoliy oqim-1» va «Şimoliy oqim-2» gaz quvurlarida sizib çiqişdan bir neça kun oldin quvurlar ötgan joylardan uç mil uzoqlikda transponderlari öçirilgan ikkita noma’lum kema paydo bölgan.

Tahlillarga köra, har bir kemaning uzunligi 95 metrdan 130 metrgaça bölgan. SpaceKnow rahbari Jyerri Javornitskining ta’kidlaşiça, ularda kuzatuv datçiklari öçirilgan, bu «ular özlarining joylaşuvi haqidagi ma’lumotlarni dunyodan yaşirişga harakat qilişganini bildiradi». Biz bir neçta sun’iy yöldoşlardan olingan suratlarni tahlil qilib, kemalar haqida ma’lumot töplaşga muvaffaq bölingan.