Ukraina hukumati rossiyaliklarning Odessa, Dnepr va Xarkiv oblastlaridagi infratuzilma obektlariga navbatdagi raketa zarbalari haqida xabar berdi. «Naftogaz Ukraina» mamlakat şarqida gaz qazib oliş obektlari vayron bölgani va şikastlanganini ma’lum qildi. Dneprda otişmalar oqibatida 23 kişi jabrlangan, turar joy binosi şikastlangan. Zaporijjya oblasti Volnyansk şahrida raketa zarbasidan yetti kişi halok böldi. Haagadagi sud rossiyalik Igor Girkin va Sergey Dubinskiy, şuningdek ukrainalik Leonid Xarçenkoni 2014 yilda Donbassdagi «boing» halokati işi böyiça umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bryansk oblastida ikki kişi avtomobilda ketayotib, Ukraina bilan çegara yaqinida minaga tuşib portlab ketdi, ularning biri halok bölgan. Ukraina IIV rahbari örinbosari Denis Monastirskiy Xerson oblastida rossiyalik harbiylar tomonidan öldirilgan 63 kişi jasadi aniqlanganini ma’lum qildi. Donetsk, Mikolayiv, Xarkiv va Xerson oblastlarining ozod etilgan hududlarida Ukraina politsiyasi istilo vaqti halok bölgan mingga yaqin tinç aholi vakillari jasadlarini aniqlagan. 

Quyida 17 noyabr, uruşning 267-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Ukraina Xorijiy legioni Xersondagi oldingi çiziqda

Dneprning öng sohilidagi Xersonda ukrainlar pozitsiyasidagi mergan. Ukraina Xorijiy legioni 2022 yil fevralida Volodimir Zelenskiy buyruği bilan Ukraina qurolli kuçlari hududiy mudofaa qismlari doirasida tuzilgandi. Uruşning ilk kunlarida legion safiga dunyoning 52 mamlakatidan 20 mingga yaqin kişi yozildi.
Chris McGrath / Getty Images
Xersondagi Xorijiy legion jangçilari rossiyaliklarning Dneprning çap sohilidagi pozitsiyalarini öqqa tutişga tayyorlanmoqda. Legion safida AQŞ, Buyuk Britaniya, Polşa, Boltiqböyi davlatlari, Kanada, Norvegiya, Finlandiya va Daniyadan kelganlar köpçilikni taşkil etadi. Legion Rossiya va Belarus fuqarolarini qabul qilmaydi, Ukraina qurolli kuçlariga köra, rossiyaliklardan murojaat juda köp.