Yevropa Ittifoqi Rossiyaning qariyb 68 milliard yevrolik aktivlarini muzlatib qöydi. Bu haqda 18 noyabr, juma kuni Yevropa komissiyasining tegişli içki hujjati bilan tanişib çiqqan Amerikaning Politico naşri xabar berdi.

Jurnalistlarning ma’lumotlariga köra, muzlatilgan mablağlarning qariyb 50 milliard yevrosi Belgiyada, yana 5,5 milliardi Lyuksemburgda. Italiya, Germaniya, Irlandiya, Avstriya va Fransiya bilan birgalikda muzlatilgan aktivlarning 90 foizdan ortiği uşbu davlatlar hissasiga töğri keladi. 

Ukrainadagi tajovuz uçun Yevropa Ittifoqi sanksiyalari natijasida muzlatilgan Rossiya milliy zaxiralari hajmi taxminiy ravişda 33,8 milliard yevroga baholanmoqda.

Yevrokomissiya, bundan taşqari, yaqin kelajakda YeI kengaşi sanksiyalardan qoçişni jinoyat deb tan olişini kutmoqda, deya xabar beradi Politico. Bu ayblov xulosasi çiqarilgan taqdirda mol-mulkni musodara qiliş tartibini osonlaştiradi. Bu bilan boğliq qiyinçiliklar, xususan, Polşada paydo bölyapti. Uning vakili Varşava Yevropa Ittifoqi taşabbusini töliq qöllab-quvvatlaşini, ammo uni amalga oşiriş uçun tegişli milliy qonun qabul qiliş zarurligini tuşuntirdi.

Yevropa Ittifoqining yangilangan sanksiyalar röyxatiga hozirda 1241 jismoniy va 118 yuridik şaxs kiritilgan – ular Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetiga putur yetkazişda iştirok etgan deb hisoblanadi. Jazo çoralari röyxatiga aktivlarni muzlatiş va Yevropa Ittifoqiga kirişni taqiqlaş kiradi.