Theranos biotexnologiya kompaniyasi asosçisi Elizabet Xolms AQŞda 11 yil-u 3 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. San-Xose (Kaliforniya ştati) sudining qaroriga köra, homiladorligi munosabati bilan tadbirkor jazoni 2023 yil 27 apreldan keçiktirmay ötaşni boşlaşi kerak. Hukm 18 noyabr, juma kuni e’lon qilindi.
Yanvar oyida Xolms hakamlar hay’ati tomonidan ikkita firibgarlik va ikki holatda investorlarni aldaş va çalğitiş uçun fitna uyuştirişda aybdor deb topildi. Şu bilan birga, 38 yoşli ayol yana törtta jinoiy iş böyiça, xususan, Theranos qon tahlillari uçun pul tölagan bemorlarni aldaş ehtimoli böyiça oqlandi.
Ayblov tomoni Elizabet Xolms uçun 15 yil qamoq jazosini talab qilgan, himoya tomoni esa 18 oylik muddat yoki uy qamoği yoki jamoat işlariga almaştirilişini ilgari surgan. Tadbirkor ayolga qöyilgan ayblov uçun maksimal jazo - 20 yil qamoqdir. Sudya Edvard Davila ta’kidlaganidek, qarorga, jumladan, Xolmsning öz aybini tan olmagani ta’sir qilgan. Ayol hukm ustidan şikoyat qilmoqçi ekanligini aytdi.
Xolms 2003 yilda Theranos biotexnologiya kompaniyasiga asos solgan. Öşa paytda u Stenford universitetining 19 yoşli talabasi edi. Tadbirkorning ta’kidlaşiça, kompaniya tomonidan işlab çiqilayotgan Edison qurilmasi qon tahlillari yordamida gormonal anomallik, virusli infeksiyalar va saraton kasalliklarini aniqlaş imkonini beradi. 2014 yilda eng yuqori çöqqisida Theranos 9 milliard dollarga (7,9 milliard yevro) baholangan. 2015 yilda Time jurnali Elizabet Xolmsni dunyoning 100 nafar eng nufuzli ayoli qatoriga kiritdi.
Öşa yili Elizabet Xolmsni The Wall Street Journal jurnalisti Jon Karreyra foş qildi, ilgari Theranos'ning sobiq xodimi unga murojaat qilgan. Bundan oldin, 12 yil davomida Xolms investorlar va menejyerlarni Edison analizatori şunçalik samarali va tejamkor ekanligiga işontira olganki, u nafaqat oğir vena qon topşirişni, balki an’anaviy usulda köp vaqt talab qiluvçi va qimmat standart tahlillarni ham yöq qilişi aytilgan. Theranos kuzatuv kengaşi tarkibiga AQŞning sobiq davlat kotiblari Genri Kissinjyer va Jorj Şuls, şuningdek, AQŞning sobiq mudofaa vaziri Jyeyms Mettis va boşqalar kirgan.
Elizabet Xolms bilan bir qatorda tadbirkorning sobiq eri - Theranos sobiq boş direktori Rameş Balvaniga qarşi ayblovlar ilgari surildi. Uning işi körib çiqilmoqda.

















