Amaldagi tartiblarga binoan, yovvoyi hayvonlarni Özbekistonga olib kiriş ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş organlari beradigan ruxsatnomalar asosida amalga oşiriladi.
2022 yil 16 noyabr kuni Toşkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari Misrdan uçib kelgan yölovçilarni bojxona nazoratidan ötkaziş davomida, “yaşil” yölak orqali harakatlangan ayolning bezovtalanişi va şubhali xatti-harakatlariga e’tibor qaratadi.

Unga tegişli bagaj nazorat-rentgen uskunasi hamda endoskop orqali közdan keçirilganida, yuklar orasidagi 2 ta şirinlik qutisi ekranlardagi tasviri şubhalarni tasdiqladi. Qutilarda yovvoyi hayvonlar bor, degan taxmin ilgari surildi.
Hayvonlarga ozor berib qöymaslik va bojxona xodimlari hayotiy xavfsizligini ta’minlaş maqsadida aeroportga Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi va Toşkent hayvonot boği vakillari taklif etilib, ular tomonidan qutilar oçildi.
Birinçi quti içida oğzi boylangan 1 boş Nil timsohi bolasi va 3 boş iguana, ikkinçi qutida esa törsimon, yölbars va xondra zotiga mansub 3 boş piton bolalari borligi foş böldi.


Jonivorlarni olib ötişga uringan şaxs buni birovning iltimosiga binoan ma’lum bir haq evaziga olib ötayotganini ma’lum qildi.
Jonivorlar Toşkent hayvonot boğiga keltirildi. Dastlab jonivorlar vazni, uzunligiga doir ma’lumotlar qayd etildi. Ular holati közdan keçirildi. Issiq iqlim şaroitlariga moslaşgan jonivorlar samolyot harorat past darajada böladigan yukxonasida va öta ziç joylaşgan qutilar içida keltirilgani sababli ahvoli qoniqarsiz deb baholandi. Ilonlar va iguanalardan ayrimlari tanalari zamburuğlar bilan kasallangan.


Jonivorlar hozirda karantinda, mutaxassislar doimiy nazorati va parvarişi ostida saqlanmoqda. Mazkur holatda olib qöyilgan noyob jonivorlar bahosi dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda taxminan 77 mln sömdan oşmoqda.
















