Bolalikdan sportga qiziqib, sportçi bölişni orzu qilgan Yahyo Husanboyev ma’lum sabablarga köra, travma olib sportçilikdan ketişga majbur böladi. Uning murabbiylik hayoti şu yerda boşlanadi. Hozir Özbekiston taekvondo federatsiyasida Nazaraliyev tim-klubida murabbiylik qiladi. 

Murabbiylikni qanday boşlagani haqida

– Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumani Çangtepa mahallasida tuğilganman. Yoşlikdan boksga qiziqib, uyda özim mustaqil şuğullanib yurardim. Maktabni bitirib, Toşkent şahriga kelganman. 2012 yildan beri taekvondo bilan şuğullanib kelaman. 2014-15 yillarda şahar bosqiçlarida çempion bölganman.

Foto: Yahyo Husanboyevning şaxsiy arxividan

2017 yilda Özbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga öqişga kirdim. Şu orada travmalar olib, sportçilikni tugatib, trenerlikka ötişimga töğri kelgan. Trenerlikni boşlaganimdan keyin asosiy maqsadim öqişni tugatgunimça Özbekiston çempioni çiqariş edi. Öqişni tugatmasimdanoq bu orzum amalga oşdi. 1-kursni bitirgunça şogirdlarim orasidan Omina Ergaşeva taekvondo böyiça Özbekiston çempioni böldi.  

4-kursni bitirgunça öz ustimizda tinmay işladik, 10ga yaqin çempion çiqardik. Bunda bizga ustozimiz Nazarali Muhammad Mas’umning qöllab-quvvatlovi yordam berdi. 

Foto: Yahyo Husanboyevning şaxsiy arxividan

Saudiyaga ketiş

– 2021 yilning iyun oyida Saudiya Arabistoni Ar-Riyod şahrining Aş-Şabob klubi bilan şartnoma qilib ketganmiz. Asosan kiçik yoş 7–11 yoşlilarni şuğullantirişimiz kerak edi. Çunki ularda oxirgi 5–6 yilning içida kiçik yoşdagilar orasidan çempion bölmagan ekan. Boşida 3 oyga şartnoma qilgandik, lekin borib işlagandan keyin iş uslubimiz ularga yoqib qolib, 1 yildan ortiqroqqa olib qolişdi.

Boşlanişida Ar-Riyodning özidagi saralaşda 2-örinni, keyin yana boşqa musobaqalarda qatnaşib ham yaxşi natija körsatdik. Eng muhimi, asosiy taekvondo böyiça ötkaziladigan Saudiya musobaqasida şogirdlarimiz çempion böldi.

Katta yoşlilar orasida tayyorlagan şogirdlarimiz 6ta musobaqada qatnaşib, şularning 4tasida çempionlikka erişdi.