Mundiallardagi çempionliklar soni böyiça faqat Braziliyadan (5) ortda qolayotgan Germaniya Qatarda ham favoritmi? Rossiyada ötgan 2018 yilgi musobaqada buzilib qolgan (guruhda qolib ketgan) «nemis maşinasi» yana katta sahnaga qaytadimi?
Jarohati bois Marko Roys («Borussiya» D) va Timo Verner («Leypsig») musobaqani ötkazib yuboradi. Mats Hummels («Borussiya» D), Emre Jan («Borussiya» D), Robert Gosens («Atalanta») kabi futbolçilar tarkibdan tuşib qoldi.
Hans-Diter Flik Germaniya milliy jamoasi boş murabbiyi hisoblanadi. Flikning faoliyati 1996 yili «Viktoriya Bammental»da öynovçi murabbiy sifatida boşlangan. 2000 yilda Hansi Hoffenhaymga jönab ketdi. U özining debyut mavsumidayoq klubni 3-divizionga olib çiqdi, ammo keyingi tört mavsumda ikkinçi Bundesligaga ötiş vazifasi bajarilmadi, şuning uçun 2005 yilda klubni tark etdi.
Keyin Flik dunyoning eng maşhur murabbiylaridan biri bölgan Jovanni Trapattoni qöl ostida köp narsalarni örgandi, ayniqsa, taktika va futbolçilar bilan munosabatlarni rivojlantirişni. Lekin u Trapattonining himoyaga qaratilgan yondaşuviga qöşilmasligini ham aytgan.
2006 yil 23 avgustda Flik Germaniya milliy jamoasining yordamçi murabbiyi etib tayinlandi va u yerda 8 yilni ötkazdi. 2017 yil 16 yanvarida Germaniya futbol assotsiatsiyasining sport direktori lavozimini egalladi.
2019 yil 1 iyulda u Niko Kovaç boşqaruvidagi «Bavariya»ga yordamçi murabbiy sifatida qöşildi. 2019 yil 3 noyabrda xorvatiyalik mutaxassis Myunxen klubini tark etganida, Flik vaqtinçalik murabbiyga aylandi. Qoniqarli işi natijasida 2019 yil 22 dekabrda Hansi mavsum oxirigaça murabbiy sifatida qolişi e’lon qilindi. 2020 yil aprel oyida «Bavariya» Flik bilan 2023 yilgaça yangi şartnoma imzoladi. 2021 yil 17 aprelda murabbiy klubga mavsum oxirida ketişni xohlayotganini, milliy jamoaga ustozlik qiliş istagini bildirdi.
Flik «Bavariya»ni zamonaviy futbol tarixidagi eng katta ğalabali rekordlardan biri bilan tark etdi. Uning davrida «Bavariya» bor-yöği 7 ta öyinda mağlub böldi va 7 ta sovrinni qölga kiritdi — ikki marta Bundesliga, Germaniya Kubogi, Çempionlar Ligasi, Germaniya Superkubogi, UYeFA Superkubogi, klublar örtasidagi jahon çempionati.
Flik futbol tarixidagi eng yuqori ğalaba qozoniş körsatkiçlaridan biriga ega bölib, öyinlarning 83 foizida ğalaba qozongan va uning «Bavariya»si barça musobaqalarda har bir öyinda örtaça 3 ta gol urgan. 2020 yil oktyabr oyida u Yevropaning eng yaxşi murabbiyi deb topilgan.
2021 yilning 25 may kuni Germaniya futbol assotsiatsiyasi Flikni boş murabbiy sifatida taniştirdi. 3 yillik şartnoma 2021 yil 1 avgustdan kuçga kirdi.
Germaniya milliy jamoasi öyin sxemasi: 4-2-3-1.
Öyin uslubi: dominant futbol, minimal yöqotişlar, tayanç zonasini nazorat qiliş.
Germaniya milliy jamoasi uslubining öziga xos xususiyati töpga egalik qiliş hududlarida öyinçilarning ziç joylaşişidir. Bu nafaqat hujum variantlarini oşirişda, balki qarşi pressing sifatida ham samarali. Bu uslub öyinçilarda xatolar soni kamayişiga va ularning töğri pozitsiya tanlaşlariga olib keladi.
Nemislar markazni nazorat qilişda sezgir, bu ularga qarşi hujumga tuşiş xavfini kamaytirişga va hujumni ikkinçi tempda davom ettirişga imkon beradi. Ta’kidlaş kerak bölgan asosiy narsa — Germaniya öynaydigan pozitsion hujumlar vaqtida himoya çiziği tayanç hududiga ötib, maydon markazini egallaydi.
Hujum guruhi çalğituvçi manevrlar bilan şuğullanadi, raqib himoyasi e’tiborini öziga qaratadi va böş hududlarga yuguradi.
YeTAKÇILAR
Yozua Kimmih — yaşirin yetakçi.
Lam, Gomes va Kroos milliy jamoani tark etar ekan, doim jarohat oladigan Roys örniga Germaniyaga yangi qahramon kerak edi. Va u Yozua Kimmih böldi.
Uni tizimning barça asosiy mezonlariga javob beradigan 100 foiz nemis futbol maktabi mahsuloti deyiş mumkin.
Kimmihning asosiy xususiyatlari — samaradorlik va maydonni köriş. U juda köp qirrali va himoyadan tortib to hujumga qadar istalgan joyda öynay oladi, lekin Kimmih köpinça tayanç zonasida harakat qiladi. Agar Germaniya milliy jamoasida almaştirib bölmas futbolçi bölsa, u albatta Yozuadir.
Antonio Ryudiger — mudofaa qörğoni.
Ryudiger bir neça yil içida yaxşi himoyaçidan yuqori darajali futbolçiga aylandi. Himoyaviy sifatlardan taşqari Antonioda hujumkorlik mahorati ham bor – uzatma, boş bilan gollar, kuçli zarbalar.
Ryudiger markaziy himoyaçi uçun aql bovar qilmaydigan tezlikka ega — bir yil oldin u 36,7 km/soat tezlik qayd etib, Premer-liganing eng tezkor futbolçisi sifatida tan olingandi. Himoyada barqarorlik yetişmayotgan Germaniya uçun Antonio nihoyatda muhim.
Leroy Sane — eng xavfli futbolçi.
Sane köp tanqidga uçraydi, ba’zida haqli, ba’zida esa yöq.
Lekin u qoyilmaqom driblingi orqali çap qanotda keskinlik hosil qiladi. U köp gollar urişi şart emas, Leroy bir neça raqibni ketma-ket aldab öta oladi, Aren Robbendagidek texnikasi bor. Şuningdek, Sane — ajoyib pleymeyker.
Kuçsiz tomonlari: hujumçi ampluasi, avlodlar inqirozi, döstona muhit yöqligi.
Germaniya futbol tizimi — bu katta plyus. Germaniya 2006 yilgi jahon çempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan söng futbol inqilobini amalga oşirdi. Milliy jamoada kim murabbiy bölişidan qat’i nazar, har doim şunday öynaydi. Germaniya futbol ittifoqida murabbiy tuşişi kerak bölgan öziga xos dastur va şartlar mavjud. Futbolga qaraşlar öxşaş bölişi kerak. Öyinçilar ösmirlar va yoşlar jamoalari orqali asosiy jamoaga çiroyli tarzda olib kelinadi, ularning barçasi bir xil dastur böyiça işlaydi.
Qolaversa, «Bavariya»dek tayanç klub ham xuddi şu tizim böyiça öynaydi, bu esa futbolçilarning moslaşuvini osonlaştiradi. Futbolçilar mahoratli. Nemis öyinçisini töp bilan muomalada yoki uzatmalarda xato qilişini kamdan kam körasiz. Germaniyada milliy jamoaning öyin uslubiga moslaşişda muammo yöq va bölişi ham mumkin emas, çunki yuqorida aytilganidek, tizim barça futbolçilarga taniş.
Nemislardan tortib olib bölmaydigan narsa bu ğoliblik mentalitetidir. Maydonga tuşgaç, faqat bitta maqsad – ğalaba borligini bilişadi. Jamoaning ötmişdagi muvaffaqiyatlari va yoşlarga tarbiya nemis tizimi hukmronligiga işonç uyğotadi. Germaniya har doim işonçli öynaydi. Közda qörquv va oyoqlarda qaltiraş yöq.
Nemis futbolining sönggi yillardagi asosiy muammosi — top-hujumçi yöqligi. Yaxşi hujumçilar bölgan va bor — hozir esa Timo Verner, lekin uni yulduz deyiş qiyin, ayniqsa, individual mahorat borasida. Ehtimol, bu nemis tizimiga boğliq, unda hujumçilik noaniq tuşunçadir. Verner — buning eng yaxşi isboti. U mexanizmning bir qismi sifatida yaxşi, lekin individual ravişda unçalik yorqin emas, şeriklar yordamisiz yöqoladi.
Germaniyada avlodlar almaşinuvida inqiroz kuzatilyapti. Bunday holat katta jamoalarda tez-tez sodir bölmaydi. Öylab köring: 26 yoşgaça bölgan qança kuçli nemis futbolçilarini bilasiz? Musiala 19 yoşda, kelajagi qanday bölişi hozirça noma’lum. Yodga faqat Haverts keladi, u yaxşi, lekin Roys yoki Özil darajasida emas. Kimmih va Sane kabi kuçli futbolçilar bor, ammo juda kam.
Muhit. Germaniya milliy jamoasiga jahon çempionati arafasida öz atrofida yaratayotgan muhit xalal berişi mumkin. Ular futboldan köra inson huquqlarining buzilişi haqida köp gapirişmoqda. Katta turnir oldidan şov-şuvlar heç qaçon yaxşilikka olib kelmaydi. Har doim maksimal natijaga intiladigan jamoa futbolçilarining bunday mavzularga çalğişi ğalati.
OMADSIZ ROYS, GYoTseDAN QAYTIŞ
Marko Roys Qatardagi jahon çempionatida Germaniyaga yordam bera olmaydi. «Borussiya» Dortmund sardori sentabr oyida töpiğidan jarohat olgandi va tiklanişga ulgurmadi.
Bu — hujumçi soğligi sababli ötkazib yuboradigan beşinçi yirik turnir.
Hansi Flik oxirigaça Marko tuzalib, jarohat olgan Timo Vernerning örnini bosişiga umid qilgandi. Hatto futbolçi va Flik örtasida oğzaki kelişuv bölgan — Marko turnirgaça kamida bitta töliq öyin ötkazsa ham Qatarga borardi.
Bu — Marko uçun navbatdagi şaxsiy fojia. U JÇ-2014da — Braziliyaga ketişdan bir kun oldin jarohat olgandi. Öşa mavsum Roys uçun muvaffaqiyatli bölgan — nemis barça turnirlarda gol+pas tizimida 43 oçko töplagan va turnir oldidan milliy jamoaning asosiy yetakçilaridan biri sifatida e’tirof etilgandi. Braziliyaga jönab ketişdan bir kun avval nemislar Armaniston örtoqlik bahsini ötkazişgan va hujumçi safdan çiqqan. Braziliyada nemislar hammani mağlub etişdi, finalda Argentina (1:0) ustidan qozonilgan ğalabadan söng Mario Gyotse Markoning libosini ham olib çiqdi, biroq Roys marosimni körmadi – u final huştagi çalinganidan söng televizorni öçirib, darhol uxlaşga yotdi.
Roys Yevro-2016dan oldin Germaniya Kubogi finalida yana jarohat oldi va navbatdagi yirik turnirni ötkazib yubordi. Marko 6 oy maydonga tuşmadi, qaytganidan keyin ham doimiy jarohatlardan aziyat çekdi.
Futbolçi Konfederatsiyalar Kubogi-2017 oldidan ham safdan çiqdi. Öng tizzasidagi xoçsimon paylari yirtilib ketgani sababli operatsiya qilindi. «Eng yomoni şundaki, siz doimo yolğiz qolasiz. Jarohatdan tiklaniş — eng qiyini. Biz top öyinçilar sifatida köp pul olamiz, lekin ba’zida soğliğimizni qurbon qilib, katta tovon tölaymiz. Men yana soğ böliş uçun barça pulimni bergan bölardim. Yoqtirgan işim — futbol öynaş», — dedi keyinroq Roys.
JÇ-2018 — Roys borgan ilk turnir. Murabbiy Yoaxim Lyov sözida turdi, Marko turnir oldidan mavsumni deyarli butunlay ötkazib yuborganiga qaramay tarkibga jalb etildi. U Germaniya guruh bosqiçining 1-turida Meksikaga yutqazayotganda, maydonga tuşdi. Bu Marko uçun muhim edi. U orzusiga yetdi, ammo nemislar muvaffaqiyatsizlikka uçradi — jamoa hatto pley-offga ham çiqa olmadi. Lyov turnirdan söng Roys oğriqlar bilan öynaganini aytdi.
Futbolçi Yevro-2020ga şaxsiy sabablarga köra bormadi. U koviddan keyingi maşaqqatli mavsumdan keyin tanasi stressga bardoş bera olmasligini ma’lum qildi.
Mario Gyotsedan qaytiş.
Ha, Germaniyaga sönggi çempionlikni (JÇ-2014 finalida yagona golni urgan) keltirgan hujumkor yarimhimoyaçi 2022 yilgi jahon çempionatiga boradi. 10 yil oldin Frans Bekkenbauer uni Germaniyaning eng yaxşi hujumkor öyinçisi deb atagan, Feliks Magat esa asrda bir marta tuğiladigan iqtidorni körganini aytgan. Öşanda 2022 yilda 30 yoşli Gyotse mundialga borişidan ajablanişmasdi. Ammo hozir Gyotsening qaydnomada bölişi Hansi Flikning eng kutilmagan qarorlaridan biri sifatida kutib olindi.
Sabablar bor. 2016 yilda «Bavariya»dan «Borussiya»ga qaytgaç, Marioning faoliyatida pasayiş boşladi. Yildan yilga öyinlar, gol va assistlar soni kamayib bordi. 2020 yil Dortmund klubi Gyotse bilar xayrlaşdi, hujumçi PSVdan qönim topdi va Rojyer Şmidt qöl ostida formasini tiklab oldi. Ötgan yozda esa Bundesligaga — «Ayntraxt»ga qaytdi.
Germaniyada agar Gyotse jahon çempionatiga bormaganida ham, heç kim Flikni tanqid qilmagan bölardi. U 2017 yildan beri milliy jamoada öynamaydi, uning markaziy hujumkor yarimhimoyaçi sifatida örnida Tomas Myuller va Jamol Musiala bor.
«Biz Marioning olmos ekanligiga aminmiz, u porlaşga qodir. Hozir u jismoniy jihatdan yaxşi, haftasiga 3 marta 90 daqiqa öynaşga tayyor. Gyotse boğlamlarda foydali, jamoa harakatini ajoyib his qiladi», — dedi Flikning özi tanlovini izohlab.
Mario yana qanday xususiyatlari uçun jalb qilindi? Bular — jamoaviyligi, yarimhimoya va hujumni boğlay olişi, pressingda foydali.
Şuningdek, Flikning şaxsiy simpatiyasi ham muhim ahamiyat kasb etgan. Sport Bild xabariga köra, Hansi 2020 yilda Gyotse bilan uning «Bavariya»ga qaytişi haqida gaplaşgan. Murabbiyning fikriça, koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiyotda bunday erkin agentlar foydali bölardi. Ammo klub rahbariyati bunga qarşi bölgan.
Gyotse sxemaga mos keladi — ham klassik 4-2-3-1, ham Flik sinab körayotgan 3-4-2-1da öynay oladi. «Ayntraxt»da hozir ikkinçi sxemada öynayapti. Ammo Frankfurt klubi qarşi hujumda harakat qiladigan jamoa, Flik boşçiligidagi Germaniya esa dominant futbol öynaydi. Murabbiy qöl ostida 15 öyinda faqat bir bor töpga egalik qiliş 60 foizdan pastga tuşgan (Niderlandiya bilan bahsda).
Germaniya hududiy dominator, lekin guruh bosqiçida Ispaniya bor, ular ham töpni aniq berib qöymaydi. Ha, Gyotse endi avvalgidek emas, lekin uning kesuvçi uzatmalari himoya çiziği yuqori kötarilib öynaydigan jamoalarga qarşi foydali böladi.
Xulosa qilganda, Marioning çaqirilişi mantiqiy ekan.
Mariodan foydalanişning ikki varianti bor: 4-2-3-1da «önlik» va 3-4-2-1da hujumçi ortidagi pozitsiya. Şuningdek, u vaziyatga qarab çap qanot yarimhimoyaçisi sifatida ham öynaşi mumkin.
PROGNOZ
Germaniyaning guruhdan çiqişiga şubha yöq. Ular Yaponiyadan ham, Kosta-Rikadan ham ança kuçli, ammo Ispaniyani yengiş qiyin. Nemislar katta ehtimol 2-örin bilan pley-offga yöllanma oladi.
Bu holda ular 1/8 finalda Belgiya bilan töqnaş kelişi ehtimoli yuqori, Bundestimga oson bölmaydi. Agar jamoa Belgiya tösiğidan öta olsa, yarimfinalgaça boriş imkoniyati böladi. Çunki çorakfinalda nemislarga odatda qulay raqib bölib kelgan Portugaliya yoki Urugvay duç kelişi mumkin. Yarimfinalda Fransiya yoki Angliya töğri kelişi ehtimoli bor. Guruh va pley-off yölidan kelib çiqsak, Flik şogirdlarining yarimfinalga yetib borişini ham yaxşi natija sifatida qabul qiliş mumkin. Ammo nimçorakfinaldayoq musobaqani tark etiş xavfi ham bor.