«Biz davlatimiz asoslarini çuqur qayta qurişni boşladik, yangi ijtimoiy şartnomani tuzdik, biz yangi, sifatli millatni şakllantiramiz va mamlakat taraqqiyotida kuçli sakraşni amalga oşiramiz. Saylovoldi platformamda adolat ğoyasiga asoslangan yangi davlat siyosati konturlarini taqdim etdim», — dedi Töqayev.
Qozoğistonda navbatdan taşqari prezident saylovi 2022 yil 20 noyabrda bölib ötadi.
Avvalroq, Qosim-Jömart Töqayev nomzodi «Amanat», «Ak Jol» va Qozoğiston Xalq partiyasi iştirokida tuzilgan «xalq koalitsiyasi» tomonidan prezident saylovida qatnaşiş uçun ilgari surilgan edi.
Töqayev 2019 yilda Qozoğistonning birinçi prezidenti, mamlakatni 1990 yildan beri boşqarib kelgan Nursulton Nazarboyev iste’foga çiqqanidan söng prezidentlik lavozimini egallagan.
2022 yil yanvar oyida Qozoğistonda bölib ötgan norozilik namoyişlaridan söng, Töqayev Konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş taşabbusi bilan çiqdi. Unda davlat rahbari faqat bir marotaba, yetti yillik muddatga saylanişi mumkinligi belgilab qöyildi. Ilgari prezident beş yilga saylangan, biroq qayta saylaniş huquqiga ega edi.
Şundan söng, Töqayev noyabr oyida, muddatidan ikki yil oldin navbatdan taşqari prezident saylovini ötkazişni taklif qildi.

















