Ukraina konserni alyansning kamida 6 a’zo davlati: Polşa, Çexiya, Fransiya, Daniya va bir qança davlatlar bilan birgalikda oğir qurol va harbiy texnika işlab çiqadi hamda işlab çiqaradi, ular bilan tuzilgan şartnomalar ma’lumotlarni oşkor qilişni nazarda tutmaydi.
«Şunday qilib, biz qöşma mudofaa korxonalarini yaratmoqdamiz, öq-dorilar işlab çiqarişning yopiq liniyalarini qurmoqdamiz, birgalikda zirhli texnika va köplab raketa tizimlarini işlab çiqarmoqdamiz, yangi yuqori texnologiyali qurollarni birgalikda işlab çiqmoqdamiz. Buning uçun biz xavfsiz joylarda mavjud quvvatlardan ham, yangi yaratilgan quvvatlardan ham foydalanamiz», - deb ma’lum qildi «Ukroboronprom».
Bundan oldin olti davlat Ukrainani qöşimça artilleriya va tankka qarşi qurollar, havo hujumidan mudofaa tizimlari, öq-dorilar, qişki texnika bilan ta’minlaşi xabar qilingandi.
17 noyabr kuni onlayn tarzda yakunlangan Ukraina mudofaasi böyiça aloqa guruhining («Ramştayn» formati) bir qator a’zo davlatlari Kiyevga yangi qurol yetkazib berişini e’lon qildi. «Germaniya yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari uçun zarur bölgan zenit qurollari, artilleriya va öq-dorilarni yetkazib berişni davom ettiradi. Gretsiya 155 millimetrlik artilleriya snaryadlarini topşirişini e’lon qildi», - dedi AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin.
Kanada, öz navbatida, Kiyevga 34 million dollar miqdorida yordam beradi. Xususan, gap harbiylar uçun qişki jihozlar, dronlar uçun kameralar, sun’iy yöldoş tasvirlari haqida bormoqda. Qayd etilişiça, Kanada «qişki jihozlarning eng yirik donorlaridan biri bölib qolmoqda».
Şvetsiya Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan birga 287 million yevro miqdorida harbiy yordam beradi. Ispaniya ikkita qöşimça Hawk zenit-raketa kompleksi va ularga raketalarini topşiradi. Bundan taşqari, Polşa qöşimça artilleriya va tankka qarşi qurollar, şuningdek, qisqa masofali havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berişga va’da berdi.
«Uşbu yordamning barçasi muhim ahamiyatga ega böladi, xuddi aloqa guruhi yordamida xavfsizlik yordamimizni muvofiqlaştiriş kabi», - deya xulosa qildi Pentagon rahbari.

















