Kim Çen In navbatdagi qit’alararo ballistik raketa sinovida yolğiz emasdi, u rafiqasi Ri Sol Ju va qizi bilan birga edi. Şimoliy Koreya naşrlari ilk bor dunyoga an’anaga köra şaxsiy hayoti sir bölib kelgan KXDR yetakçisining oila a’zolarini namoyiş etdi.

Foto: Reuters

Ekspertlar bu qizning dunyoga namoyiş etilişi KXDR yetakçisining sulolaviylik ambitsiyalarini körsatişi, u hokimiyatni Kimlar avlodining törtinçi vakiliga ötkazişni niyat qilayotganini aytişmoqda.

Janubiy Koreya razvedkasi avvalroq Kimning uç farzandi - ikki qizi va öğli borligi taxmin qilinişini xabar qilgandi. Şu vaqtgaça ulardan birortasi jamoatçilikka körsatilmagandi.

Şimoliy Koreya davlat axborot agentligi e’lon qilgan fotosuratlarda qiz oq kurtka, qora şim va qizil tuflida, Kim Çen In bilan qöl uşlaşib ketayotgani tasvirlangan. Xabarda uning ismi keltirilmagan, faqat Kim Çen In «suyukli qizi va rafiqasi bilan tadbirda iştirok etgani» aytilgan. Ayrim manbalarga köra, uning ismi Kim Ju-E bölişi mumkin.

Qiz taxminan 12 yoşda, fotosuratlarda u raketalarni közdan keçirayotgan otasi yonida yurgani va jilmayib qöygani köringan.

Janubiy Koreyadagi Sejong instituti qoşidagi Şimoliy Koreyani tadqiq etiş markazi vakili bölgan Çeong Son Çanning fikriça, Şimoliy Koreya «malikasi» sifatida ommaga taniştirilgan qiz endi davlat işlarida iştirok eta boşlaşi mumkin.

Ekspert Kim Çen Inning otasi katta akalari borligiga qaramay, aynan uni öziga köproq öxşagani tufayli voris etib tanlaganini eslatgan.

«Ehtimol, Kim Çen In ham özining ikkinçi qizi bilan şunday qilişni istamoqda. Balki u şu qizida öziga munosib fazilatlar bor deb topgan», deya qöşimça qiladi Çeong Son Çan.

Uning hisoblaşiça, agar şu qizi bundan keyin ham otasiga muhim tadbirlarda hamrohlik qilsa - bu u bildirgan taxminlar töğri ekanini körsatadi.