Köp sonli harbiy kemalar, jumladan, NATO davlatlariga tegişli 5 ta aviataşuvçi kema Atlantika mintaqasi va Örta Yer dengizida harbiy maşğulotlarni boşladi. 

NATO bayonotiga köra, noyabr oyi oxirigaça davom etadigan maşğulotlarda AQŞ, Britaniya, Italiya va Fransiyaning samolyot taşuvçi kemalari, köp sonli harbiy kemalar va jangovar samolyotlar iştirok etadi. 

Jumladan, Qöşma Ştatlar dunyodagi eng yangi va eng katta harbiy kema hisoblangan USS Gerald R. Ford aviataşuvçisini NATO maşğulotlariga jönatgan. 

Şuningdek, maşqlarda Amerikaning USS George HW Bush, Britaniyaning HMS Queen Elizabeth, Fransiyaning Charles De Gaulle va Italiyaning Cavour aviataşuvçi kemalari ham iştirok etmoqda. Ularni Kanada, Daniya, Germaniya, Gollandiya, Fransiya, Gretsiya, Italiya va AQŞ harbiy-dengiz flotining köplab kemalari kuzatib boryapti. 

Britaniyaning HMS Queen Elizabeth aviataşuvçi kemasi bortida F-35 samolyotlari bilan Atlantika okeani şimoliga yöl olgan. 

Fransiya, Italiya va AQŞ (USS George H.W. Bush) harbiy-dengiz flotining aviataşuvçi kemalari Örta Yer dengizida harakatlanmoqda.