Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati perinatal markazida hamşira bemorlardan birining yaqini bölgan ayol tomonidan döpposlangani haqida video tarqaldi.
Videoda ayol hamşiraning boş qismiga bir marta muşt va tarsaki tuşirgani va atrofdagilar uni tinçlantirişga uringani tasvirlangan. Ma’lum bölişiça, hodisa 2022 yil 15 noyabr kuni sodir bölgan.
Holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
«Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarşi şahar IIO FMB tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan qöşimça axborot beriladi», deyiladi munosabatda.
Avvalroq, 2022 yil 19 oktyabr kuni Qaşqadaryoda bemorning öğli şifokorni döpposlagan va unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgandi.
Şuningdek, Angor tumanida travmatolog şifokor, Denov tumanida hamşira, 2022 yil 12 oktyabrda Toşkent şahri Yakkasaroy tumanida «Tez yordam» şifokori, 16 oktyabr kuni Mirobod tumanida «Tez yordam» şifokori va haydovçisi döpposlangandi.
Bundan taşqari, 2022 yil 3 noyabr kuni Çiroqçi tumani tibbiyot birlaşmasiga qaraşli Uyşun oilaviy poliklinikasida xizmat vazifasini bajarib turgan 59 yoşli şifokor iş joyida döpposlangan.
















