Ukam bir qöşnimizning 9 sömlik töpini teşib qöygandi, u «tölaysan» deb turib olgan. Öşa bola bilan ba’zi öyinlarga 20 tiyindan garov öynab, öşa 9 söm qarzdan qutulganman. Faqat şu BAA pand bergan, ilk öyindayoq yirik hisobda yutqazib.
Futbol siyosatdan xoli deyişadi, ammo ta’siri bor, öşa çempionatda qatnaşgan köp mamlakatlar hozir yöq, hatto çempion - GFR ham hozir boşqaça nomlanadi.

Yugoslaviya terma jamoasi yoqqan, Ispaniya bilan öyinda katta akalar kim yutadi, deb söraşganda, Yugoslaviya, deb hayron qoldirganman. Rostanam Yugoslaviya ğalaba qozongan.
Bolalikda zör darvozada turadiganlarni Dasayev yoki Gabello derdik. Kosta Rika darvozasini Gabelo Konexo degan darvozabon qöriqlaganda, Gabello şu ekan, deb öylovdim. Rostanam, zör turgan Şvetsiya bilan öyinda. Keyin bilsam, Gabello aslida gruziyalik Otar Gabeliya ekan.
Milla raqsi, Valderama soçlari, Iguita xatosi, Raykaardning Fyoller quloğiga tupurişi, Pumpido jarohati sabab, asosiyga aylangan Goykoyeçeaning penalti seriyalaridagi qahramonliklari, Maradonaning finaldagi köz yoşlari, oldinroq, Diyego yarimfinalda Italiyaga qarşi aynan Neapolda töp surganda, mahalliy muxlislarning «Diyego, biz seni yaxşi köramiz, lekin Italiya bizning vatanimiz» deb banner kötargani — xotiralar köp.
Qiziq jihati, aynan öşa çempionatning barça guruhlar tarkibi, natijalari, gollarigaça esimda, ammo Rossiya-2018 dagi yarimfinallarniyam hatto, birdaniga eslolmayman. Köpçilikda şunaqa bölsa kerak.
Yana bir kaşfiyotim, köpçilik bilan gaplaşib, bilganman - futbol muxlislarining aksariyati özining ilk mundial yoki yevrosini 11-12 yoşda körar ekan. Qiziqib, tuşunib, yodda olib qolgan holda. Men ham şu yoşda bölganman.
Ertaga, men uçun töqqizinçi çempionat boşlanadi. Kim uçundir yettinçi, öninçi yoki törtinçi. Men uçun balki avvalgi Rossiya yoki Braziliyadagi turnir kabi şundoq ötib ketar, iz qoldirmas. Ammo kim uçundir, bu birinçisi, töğrimi? Kim uçundir bir şirin xotiraga aylanadigan, bitta qoldirmay öttiz yildan söng ham yodida saqlaydigan, futbol olamining ajib sehriga oşufta qiladigan, keyingi mundiallardayam öşa jozibani qidiradigan bir turnir boşlanyapti axir.
Xuddi mening bir paytlar Italiyada ötgan mundialim kabi.



















