Kiberxavfsizlik markazining xabar berişiça, viloyat IIBga 2002 yilda tuğilgan fuqaro O.Ş. ariza bilan murojaat qilib, öziga nisbatan tovlamaçilik qilayotgan qizga çora körişni söragan.

U arizasiga köra, Telegram’dagi tanişuv guruhlarida "Çaros" ismli qiz bilan tanişib, keyinçalik u bilan yaqin munosabatda bölib, dugona kirişgan. "Çaros"ga boşqalar körişi mumkin bölmagan fotosuratlarini jönatgan.

Şundan söng "Çaros" u yuborgan rasmlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiş bilan qörqitib, fuqarodan 15 million söm berişni talab qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, özini "Çaros" deb taniştirgan foydalanuvçi aslida yigit bölib, u muqaddam Jinoyat kodeksining 166-modda 2-qismi bilan sudlangan, Sirdaryo tumanida yaşovçi, 1995 yilda tuğilgan T.B. ekani aniqlangan.

Qayd etilişiça, T.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-modda 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida Telegram’da qiz bola nomidan sahifa oçib tovlamaçilik qilgan yigit uşlangandi.