Ma’lum qilinişiça, Buxoro viloyati Ğijduvon tumanida yaşovçi talaba F.B. içki işlar organlariga ariza bilan murojaat qilib, öziga nisbatan tovlamaçilik qilayotgan qizga qonuniy çora körişni söragan.

U öz arizasida Telegram’da özini "Tojiboyeva Rayhon" deb taniştirgan şaxsga boşqalar körişi mumkin bölmagan şaxsiy fotosuratlarini işonib, messenjer orqali yuborganini, şundan söng qiz fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmaslik uçun 900 ming söm pul sörayotganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida özini "Tojiboyeva Rayhon" deb taniştirgan şaxs Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yaşovçi, 1999 yilda tuğilgan J.Ş. ekani aniqlangan.

Qayd etilişiça, J.Ş.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yaşovçi 16 yoşli maktab öquvçisi Telegram’da soxta avtokredit guruhi oçib, fuqaroning pulini özlaştirgani aniqlangandi.