Özbekiston va Qozoğiston davlat çegarasini demarkatsiya qiliş töğrisidagi bitimni imzolaydi.

Bu haqda Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov brifingda ma’lum qildi.

Toşkentda Özbekiston va Qozoğiston hukumat delegatsiyalarining uçraşuvi bölib ötdi.

«Tomonlar Qozoğiston va Özbekiston örtasida Qozoğiston-Özbekiston davlat çegarasini demarkatsiya qiliş töğrisidagi bitim loyihasini hamda yuqoridagi bitimga ilova bölgan çegarani demarkatsiya qiliş böyiça yakuniy hujjatlar loyihalarini imzolaşga tayyorladilar», — dedi Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov. 

U muzokaralar döstlik va özaro hamjihatlik muhitida ötganini ta’kidladi.

20 oktyabr kuni Qozoğiston va Özbekiston örtasida qozoq-özbek davlat çegarasini demarkatsiya qiliş böyiça kelişuv loyihasi tayyorlandi. Davlat çegarasining demarkatsiyalangan çiziğining uzunligi 2 356,666 kmni taşkil qiladi.