EDF kompaniyasi rahbariyati bilan uçraşuvda kompaniyaning Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi joriy loyihalarini amalga oşiriş jarayoni muhokama qilindi. Kompaniya vakillari Toşkent va Navoiy viloyatlarida muqobil energiya manbalarini rivojlantiriş sohasida jami quvvati 1250 Mvt bölgan yangi loyihalarni amalga oşirişga qiziqiş bildirişdi. Uçraşuv yakunida tomonlar qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalarini işlab çiqiş böyiça kelişuvga erişdi.
«SUEZ» direktorlar kengaşi raisi Sabrina Sussan bilan uçraşuvda Toşkent şahri va Surxondaryo viloyati suv ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qiliş böyiça investitsiya loyihalarini amalga oşiriş taşkiliy jihatlariga töxtalib, bunda kompaniya tajribasini Özbekiston boşqa hududlarida suv ta’minoti tizimlarini rivojlantirişga kengaytiriş istiqbollari körib çiqildi. Kompaniya şaharlarda issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va qattiq çiqindilarni boşqariş loyihalarida iştirok etişini nazarda tutgan holda hamkorlikni kengaytiriş böyiça işlarni davom ettirişga kelişib olindi.
EIFFAGE kompaniyasi rahbariyati bilan bölib ötgan uçraşuvda Yakkaboğ – Qarşi yönalişi böyiça magistral suv quvurini ötkaziş loyihasi muhokama qilindi. Quvur uzunligi 82 km, suvni saqlaş uçun 4 ta suv havzasi mavjud. Tomonlar loyihani jadal amalga oşiriş çoralarini körişga kelişib oldi.

















