«Halifa» stadionidagi öyinda Sautgeyt şogirdlari Karluş Keyruş jamoasini ayab ötirmadi. Bellingem hisobni oçgan bölsa, Saka dublga erişdi. Sterling va zaxiradan maydonga tuşgan Reşford va Griliş esa öz hisoblariga bittadan gol yozib qöyişdi. Eronliklardan Toremiy 65 va 90+12-daqiqada gol muallifiga aylandi – 6:2. 

Qayd etiş joiz, töxtalişlar uçun 1-bölimga 14 daqiqa, 2-bölimga esa 10 daqiqa qöşilib, öyin jami 114 daqiqa davom etdi. 

Şu tariqa, Angliya dastlabki öyindan keyin B guruhida peşqadam bölib oldi. Guruhdagi ikkinçi uçraşuv bugun AQŞ va Uels örtasida bölib ötadi. Öyin soat 23:59da boşlanadi.

JÇ-2022. 1-tur. V guruhi.
Angliya – Eron 6:2
Gollar: 1:0 – 35 Bellingem, 2:0 – 43 Saka, 3:0 – 45 Sterling, 4:0 – 62 Saka, 4:1 – 65 Toremiy, 5:1 – 71 Reşford, 6:1 – Griliş 90, 6:2 – 90+12 Toremiy.
Angliya – Pikford, Tripper, Maguayr (Dayyer, 70), Stounz, Şou, Rays, Maunt (Foden, 71), Saka (Reşford, 71), Bellingem, Keyn (Uilson, 76), Sterling (Griliş, 71).
Eron – Beyranvand (Huseyni, 19), Muharramiy, Puraliganjiy, Çaşmiy (Kananizodagon, 46), Husseyni, Muhammadiy (Turobiy, 63), Jahonbaxş (Gulizoda, 46), Xojsafiy, Karimiy (Izzatullohiy, 46), Nurollohiy (Ozmun, 77), Toremiy.
Ogohlantirişlar: Jahonbaxş (25), Puraliganjiy (48).