Şimoliy Atlantika alyansi Parlament assambleyasi Rossiya Federatsiyasini terrorçi davlat deb tan oldi. Delegatlar Rossiya Federatsiyasi jinoyatlari böyiça maxsus xalqaro tribunal taşkil etişni taklif qildilar. 

«NATO tarkibiga kiruvçi barça 30 ta davlat delegatsiyasi taklifimizni qöllab-quvvatladi. Bunday tribunal nafaqat harbiy jinoyatlarning bevosita aybdorlarini, balki Rossiya Federatsiyasi oliy rahbariyatini ham sud qiliş imkonini beradi», - dedi Ukrainaning NATO Parlament assambleyasidagi doimiy delegatsiyasi rahbari va deputat Yegor Çernev. 

Bundan taşqari, qabul qilingan hujjatda Ukraina böyiça quyidagi qarorlar mavjud:

- qurol ta’minotini köpaytiriş;

- Ukrainaning NATO tarkibiga kiriş rejasini işlab çiqiş;

- Rossiyadan Ukraina foydasiga tovon undiriş mexanizmini yaratiş. 

Avvalroq, Latviya Seymi Rossiya Federatsiyasini terrorizmni qöllab-quvvatlovçi davlat sifatida tan oldi. 

15 sentabr kuni AQŞ senatorlari Rossiyani Çeçeniston, Gruziya, Suriya va Ukrainadagi jinoyatlari uçun terrorizmga homiylik qiluvçi davlat sifatida tan oliş haqidagi rezolyutsiyani qöllab-quvvatladi. 

3 noyabr kuni Çexiyada deputatlar Rossiyadagi siyosiy rejimni terroristik rejim deb tan oldi. 

23 noyabr kuni Yevroparlament Rossiyani terrorizmning homiysi sifatida tan olişi haqidagi rezolyutsiyani körib çiqadi.