«2022 yilning ön oyi davomida 24 985 nafar Özbekiston fuqarosi uyuşgan tartibda Rossiyaga işlaş uçun yuborildi», deb xabar berdi Interfax Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga tayangan holda.
2021 yilning ön oyi davomida 84 574 kişi Özbekistondan uyuşgan tarzda Rossiyaga işlaş uçun yuborilgan edi. Demak, bunday jarayon natijasida mehnat migrantlarini Rossiyaga yuboriş 3,4 barobar kamaygan.
2017 yil aprelida Özbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun uyuşgan tarzda jalb qiliş töğrisidagi kelişuv imzolangan edi.
2022 yil 1 yanvar holatiga köra, Rossiya Federatsiyasida 1,2 million nafar Özbekiston fuqarosi işlamoqda. Bu xorijda mehnat qilayotgan mamlakat fuqarolarining qariyb 70 foizini taşkil qiladi.

















