Surxondaryoning kiçik temiryöl stansiyalaridan biri yonida 1923 yilda tuğilgan Özbek Törayev (Özbek – ism) oiladagi 5 farzandning tönğiçi edi. U oilaviy şaroit oğirligi uçun beşinçi sinfdan işlay boşlaydi. Temiryöl stansiyasida ruslar juda köp işlaşgani uçun Özbek rusçani yaxşi örganib oladi.

Ikkinçi jahon uruşi boşlanib, Özbekistonda ham safarbarlikka kirişilganida 16 yoşli Özbek Törayevni ham frontga jalb qilişadi. Aniqroği, uning özi frontga jönaş haqida ariza beradi. Ota-onasini esa faqat ketiş kunida xabardor qiladi. Qisqa muddatli serjantlik maktabida tayyorgarlikdan ötgan Özbek Törayev jang maydoniga, Stalingradga jönatiladi.

Hali qurol tutib körmagan, uruş nimaligini bilmagan qişloq bolasi uçun bu haqiqiy şok edi. SSSRning öşa paytdagi taktikasiga köra Germaniyaning harbiy texnologik ustunligiga son-sanoqsiz askarlarni qarşi qöyiş orqali natijaga erişiş möljallangandi. Özbek Törayev ham ana şu talatöplarga tuşib qoladi va hali janglarga könikib ulgurmay bu jarayonlarga qöşilib ketadi. Lekin şunga qaramay mardlarça jang qiladi va jasorati uçun leytenantlik unvoniga ham sazovor böladi. Pulemyotçilik qilayotgan Özbek bilan birga bir guruh askarlar Stalingrad ostonasida asir tuşib qoladilar.

Nemislar kommunistlar va yahudiylarni darhol otib taşlaşadi. Qolganlarni esa Ukraina içkarisiga işlaş uçun yuborişadi. Poyezdlarni ta’mirlaşga jalb qilingan qahramonimiz şu yerda ham tinç yurmaydi va duşmanni içdan yemirişni niyat qilgan diversantlar guruhiga qöşiladi. Ammo köp ötmay bu guruh foş etiladi va a’zolari otib taşlanadi. Özbek va uning dösti Nikolay qoçişga muvaffaq bölişadi.

Ammo yana qölga tuşib qolganlarida ikkilari ham otuvga hukm qilinadi. Nikolay öladi, Özbek esa öliklar orasida jon saqlab qoladi. Qoronği tuşişi bilan çuqurdan çiqqan Özbek yana qoçişga harakat qiladi. Biroq bu safar ham qölga tuşib, Fransiyaning Elzas şahridagi konslagerga jönatiladi.

U asirlikka könikmagan, mağrurligi tufayli ölimdan qörqmay qoçişni öylardi. Bu yerdan ham qoçib ketadi. Nemislar ham anoyi emasdi, qölga tuşiradilar. Yaxşiki it egasini tanimaydigan paytlar edi. Törayevning şunça marta qoçganini bilişsa, darhol qatl qilişardi. Biroq uni şaxtaga, murakkab şaroitga işga jönatadilar. Iş şu darajada oğir ediki, har kuni 30-40 kişining öligi çiqardi.

Bu tarzda ölim topişni istamagan Törayev uç nafar fransuzlarga qöşilib bu yerdan ham qoçadi va fransuz partizanlariga borib qöşiladi. Bu partizanlar orasida ruslar va hatto turkmanlar borligi uni hayratda qoldiradi.

Ğalabani Özbek Fransiyada kutib oladi. Uruş yakunlanganidan keyin u yurtiga qaytişi mumkin edi, vatanini nihoyatda soğingandi. Ammo asirlar SSSRda qanday kutib olinayotgani, qamoqqa taşlanayotgani yoki otilayotganini eşitib, fikridan qaytadi. Fransuz qizga uylanadi, öğil köradi. Lekin oilaviy hayoti bir tekis keçmaydi, ajraşadilar.